“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:05
ЎЗO‘Z

Ohangaronda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda (foto)

16 apr, 17:02 2 820 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ohangaronda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda (foto) Bugungi kunda Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining kundalik qilayotgan ishlaridan biri - xalq tashvishlarini kamaytirish va nogiron, muhtoj oilalalarga yordam berish nazoratini kuchaytirishga qaratilgan. Joriy yilning 15 aprel kuni Ohangaron tumanida yangi tizim joriy etildi. Sektor rahbarlari tomonidan Prezidentimizning joriy yil 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha vazifalari ijrosini ta’minlash hamda aholining eng muhim muammolarini bartaraf etishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 4-sektor ishchi guruhi, tuman hokimi, prokurori, IIB va tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarlari ishtirok etdilar. Aytish kerakki, murojaatlar asosan yer-kadastr, bankdan kredit olish, ishga kirish, turar joy, kommunal xizmat, sog‘liqni saqlash, bolalar nafaqasi, alimentni undirish kabi masalalardan iboratdir. Aholi bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot jarayonida 62 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 58 tasi joyida bartaraf etildi. Qolgan 4 ta murojaat tuman Tibbiyot birlashmasi, bank va bashqa mutasaddi tashkilotlarning mas’ul rahbarlariga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda Ohangaron tumanining “Ungut” MFYda istiqomat qiluvchi Nigora Sayfaliyeva, “Balxana” MFY Baxt ko‘chasi 75-xonadonda yashovchi Ravshanoy Boymurodova, ”Oqtepa”MFY “To‘ti” qishlog‘ida yashovchi Gulchehra Mavlonova kabi bir qator nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarning og‘irini yengil qilish maqsadida aravachalar taqdim etildi.
Mazkur tumanning “Eyvalik” qo‘rg‘oni “Sharq” ko‘chasi 12-uyda yashovchi 2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro Nasiba Fayzullayevaga “Olti ariq” sanatoriyasiga va 2-guruh nogironi bo‘lgan yana bir fuqaro Alisher Usmonovga “Marjon” sanatoriyalariga davolanib, sog‘liqlarini tiklash uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, aholining kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida 100 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari tarqatilganligi tadbirning eng qiziqarli jarayoni bo‘ldi va yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu tadbirlarning tashkil etilishi, aholining yanada yaxshi yashashlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent viloyati DSB matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 291
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar