“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:34
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

15 apr, 20:20 3 840 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday? O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom etadi.
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 14 aprel holatidagi narxlari bilan quyida tanashishingiz mumkin:

Mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.
Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Eng qimmat Andijon viloyati Yangi shahar dehqon bozorida, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori – 38000 – 40000 so‘m.

Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha
Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 – 40000 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Eng arzon narx – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 40000 so‘m.
Eng qimmat narx – Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) 1 kg qo‘y go‘shti 34 000 – 45 000 so‘m.

Tovuq go‘shti 12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozorida - 18000 – 20 000 so‘m
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 so‘m
Poytaxt bozorlarida 1 kg tovuq go‘shtini o‘rtacha 17000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Guruch 3 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha
O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan. Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.
Eng qimmat narx – Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozorida 6000 – 15000 so‘m.
Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 3000 – 14000 so‘m.

O‘simlik yog‘i 8 500 so‘mdan 12 500 so‘mgacha
Eng arzon Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozorida ”Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri)– 8500 – 10 000 so‘m.
Eng qimmat narxlar ”Mirobod” dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) - 12500 so‘mgacha

Un 1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha
Unning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.
Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx narxlar – Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, 2 700 – 4000 so‘m.

Shakar 4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng qimmat narx – Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da 5000-5500 so‘m.
Eng arzon narx– Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 4300 – 5200 so‘m.

Tuxum 300 so‘mdan 650 so‘mgacha
Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 300 so‘mdan 550 so‘mgacha.
Eng qimmat Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da 650 so‘mgacha.

Kartoshka 1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha
Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.
Eng arzon narx – Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 1100 so‘mdan 2500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx-”Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da bozorida 1 kg. kartoshka 3000 so‘mgacha.

Pomidor 5000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx – Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 5000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx– Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozori 5000 – 17 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni 1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx– Jizzax shahri markaziy dehqon bozori 1 000 so‘mdan 3500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx– Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozori, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori 3000 – 3500 so‘mgacha.

Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 51
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar