“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:35
ЎЗO‘Z

"Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti g‘oliblari munosib sovrinlar bilan taqdirlandi (foto)

11 apr, 10:14 8 935 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti g‘oliblari munosib sovrinlar bilan taqdirlandi (foto) Kuni kecha yurtimizda ilk marotaba "Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu taqdimot kino sohasida faoliyat yuritayotgan barcha jonkuyar insonlar xoh aktyor, xoh aktrisa va yoki rejissyor bo‘lsin ularning bayrami, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kinotaqdimotda barcha aktyor va aktrisalar, rejissyorlar, operatorlar, grim ustalari, kino bastakorlari va hattoki chiroqchilargacha yig‘ilishdi.

Ustoz aktrisalar Saida Rametova, Shohida Uzoqova, Gavhar Zokirova, Gulchehra Sa’dullayeva, Gulchehra Jamilovalar, yosh aktrisalarimizdan Yulduz Rajabova, Ra’no Shodiyeva, Dilnoza Kubayeva, Feruza Yusupovalar tashrif buyurishdi. Aktyorlardan esa ustoz aktyorlar Baxtiyor Ixtiyorov, Yodgor Sa’diyev, Xayrulla Sa’diyev, Murod Rajabov, Lutfulla Sa’dullayevlar ishtirok etishgan bo‘lsa, yoshlardan Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Umid Iskandarovlar qatnashishdi.

Mazkur «Oltin humo» milliy kinotaqdimoti 2017—2018 yillarda suratga olingan filmlar asosida bo‘lib o‘tdi va quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

«Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasi g‘olibi «Ikki elning suyukli farzandi» filmi deb topildi.
«Eng yaxshi animatsion film» nominatsiyasiga «Dovyurak oshpaz» filmi munosib ko‘rildi.
«Eng yaxshi grafika ishi» nominatsiyasi g‘olibligi «Elparvar» filmidagi ishi uchun Laziz G‘aniyevga nasib etgan bo‘lsa,
«Eng yaxshi ovoz rejissyori» nominatsiyasi g‘olibligi Anvar Fayzullayevga «Tinchlik ortida» filmidagi ishi uchun berildi.
«Eng yaxshi grim rassomi» nominatsiyasi g‘olibi Valentina Abdurazzoqova bo‘ldi. U «Islomxo‘ja» tarixiy, badiiy-publitsistik filmidagi ishi uchun taqdirlandi.
«Eng yaxshi montaj ishi» nominatsiyasi g‘olibligi montaj ustasi Qudratilla Dadajonovning «Issiq non» filmidagi ishi uchun berildi.
«Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom» nominatsiyasi g‘olibi deb Nina Dobrina topildi.
«Eng yaxshi rassom ishi» nominatsiyasi g‘olibi Akmal Saidov bo‘lib, unga «Islomxo‘ja» tarixiy, badiiy-publitsistik filmidagi ishi uchun berildi.
«Eng yaxshi rejissyorlik ishi» nominatsiyasi g‘olibligi rejissyor Rashid Malikovga «Sabot» filmidagi ishi uchun berildi.

Aktrisa Muyassar Berdiqulova «Nazira» filmidagi roli uchun «Eng yaxshi ayol roli» nomiga munosib ko‘rildi.
Karim Mirxodiyev «Sabot» filmidagi roli uchun «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Rejissyor Said Muxtorovning «Vasiyat» filmi «Tomoshabin mehrini qozongan film» nominatsiyasiga munosib ko‘rildi.
«Omnibus» ansambli «Nazira» va «Elparvar» filmi uchun «Eng yaxshi kino bastakori» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Rejissyor Umid Hamdamovning «Issiq non» filmi «Eng yaxshi ssenariy» va «Eng yaxshi film» nominatsiyalarining g‘olibi deb topildi.
Quyida ushbu taqdimot jarayonida olingan ba’zi aktrisa va aktyorlarimizning suratlari bilan tanishishingiz mumkin:















Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 1
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 486
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 343
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 430
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 124
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar