“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 13:54
ЎЗO‘Z

“GM Uzbekistan” AJ iste’molchilar huquqlarini «poymol» qilgani aniqlandi

11 apr, 07:20 4 546 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“GM Uzbekistan” AJ iste’molchilar huquqlarini «poymol» qilgani aniqlandi Avtomobil ishlab chiqaruvchi monopolistning qonunga zid harakatlari bartaraf etildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 2018 yilda ishlab chiqarilgan 6 506 dona Neksiya-3 (2-pozitsiya) rusumidagi avtomobillar komplektatsiyasida tumanga qarshi oldi yoritkichlar o‘rnatilmaganini aniqladi.

Ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha Qo‘mitaning talabiga asosan bugungi kunga kelib iste’molchilarga yetkazib berilgan 6037 ta avtomashinaga tumanga qarshi yoritkichlar o‘rnatib berildi va fuqarolarning jami 2,5 mlrd.so‘mdan ortiq manfaatlari himoya qilindi.

Agar xarid qilingan avtotransport vositasida yuqorida ko‘rsatilgan nuqsonni aniqlagan bo‘lsangiz, u holda “GM Uzbekistan” AJga yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilishingiz kerak.

Murojaat uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
(78) 144-77-77, (78) 147-14-14, (71) 241-76-17




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 355
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 196
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 531
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 640
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 366
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 261
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 0
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 0
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 1
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 1
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 23
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 37
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 70
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 18
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 7
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 86
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 141
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 177
  • Bo‘limlar