“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 10:46
ЎЗO‘Z

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga doir qonun loyihasi tayyorlandi

05 apr, 22:10 4 109 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga doir qonun loyihasi tayyorlandi Ichki ishlar vazirligi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorladi.

Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Mazkur qonun 3 moddadan iborat.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 37-son, 375-modda; 2016 y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“3. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar – vasiy (homiy) va bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) shaxslar doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.”.

Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini zarur.

Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash Vazirlar Mahkamasiga yuklatilmoqda.

Manba: Sputnik




Mavzuga oid yangiliklar
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 0
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 266
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 155
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 241
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 131
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 2
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 105
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 7
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 118
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 90
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 13
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 122
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 237
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 496
  • Bo‘limlar