“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:56
ЎЗO‘Z

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha sud davom etmoqda

04 apr, 23:43 4 328 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ahmadboy ishi» bo‘yicha sud davom etmoqda Foto:xs.uz
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi X. Shermuxamedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar A. Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Bugunga kelib 11 500 dan ziyod jabrlanuvchilarning 7 000 dan ortig‘i so‘roq qilindi, 20 nafar guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi. Sud jarayoni davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: 2018 yil 21 fevralda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 211-moddasi (pora berish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan Ahmadjon Tursunboyev, Olmos Qo‘chqorov, Izzatila Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Rashid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 7 nafar sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topgan va Ahmadjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazosi, Olmos Qo‘chqorovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazosi, Izzatila Ibrohimovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi, Murodjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi, Oybek Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi, Azizjon Turdiyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so‘m) jarima jazosi va Rashid Ismoilovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazosi tayinlangan.

Manba: Kun.uz
Ahmadboy ishi, sud




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar