“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:14
ЎЗO‘Z

Top-5: Ishsiz qolgan top murabbiylar

29 mar, 18:30 2 884 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Top-5: Ishsiz qolgan top murabbiylar “Real” Zineddin Zidanni ortga qaytardi. Klub Solarining ishdan olganidan soʻng , qator mutaxassislar bilan muzokara oʻtkazayotganligi borasida maʼlumotlar berayotgandi. Yakunda esa Zidan yana madridliklar bilan kelishuvga erishdi. Quyida esa ayni vaqtda ishsiz qolib ketayotgan mutaxassislar borasida soʻz yuritamiz.

Joze Mourino
Portugaliyalik mutaxassis oʻtgan yilning dekabr oylarida “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Uning “qizil iblislar” bilan sarguzashtlari uzoq davom etgani yoʻq. Oxirgi yillarda portugaliyalik mutaxassisdan qandaydir omad qochgandek. Uning jamoalari sovringa ega chiqish jarayonida omadsizliklar girdobida qolib ketmoqda. Mourinoning oʻzi yozda yangi jamoaga ega chiqishini maʼlum qilmoqda. Koʻramiz, uning navbatdagi jamoasi kim boʻlarkin?

Loran Blan
PSJdan ketganidan beri Blan birorta klubda faoliyat koʻrsatayotgani yoʻq. 2016 yildan beri fransiya futbolining afsonasi ishsiz qolib ketmoqda. Ammo, yaqinda berilgan maʼlumotlarga koʻra, mutaxassis “Lion” yoki “Monako”da ish boshlashga yaqin turibdi. Bu xabarlarga qanchalik haqiqatga yaqin ekanini vaqt koʻrsatadi.

Antonio Konte
“Chelsi” bilan haligacha qator mojarolar ostida qolib ketayotgan mutaxassis ham ancha vaqtdan buyon ishsiz qolib ketmoqda. Konte yaxshi murabbiy, kuchli mutaxassis. “Chelsi”ni APLda chempion boʻlishini taʼminlay oldi. Lekin, Diyego Kostani jamoadan ketishiga asosiy sababchi boʻlgan shaxs sifatida ispan matbuoti u borasida yozishdan charchashmayapti. Konte tez orada birorta top klubda faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Arsen Venger
Bu mutaxassisni “Arsenal”dan ketganidan beri, ishsiz yuribdi. Avvalroq Venger biroz muddat dam olmoqchi ekanini aytib oʻtgandi. Fransiyalik mutaxassisning dam olish vaqtlari choʻzilmoqda. Unga PSJdan taklif tushdi. Afsuski, u parijlikar taklifi boʻyicha uzoq vaqt muzokara qilgani yoʻq. Boz ustiga unga Yaponiya terma jamoasi va klublaridan ham chaqiruv boʻlgan edi.

Andre Villash-Boash
Murabbiylik kasbi qanchalik shafqatsiz ekanini tushunib yetgan yosh mutaxassis aynan Villash-Boash boʻladi. Bir qarashda, uning kelajagi hali oldinda deyish mumkin. Biroq portugaliyalik murabbiyning oxirgi vaqtlardagi omadsizliklari hammasidan oshib tushdi. Ketma-ket jamoa almashtirish, omadsiz oʻyinlar, sovrinsiz oʻtkazgan damlar oqibatida Villash-Boash Xitoydan taklif tushdi. U bir muddat hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan birgalikda “Shanxay SIPG”da faoliyat koʻrsatdi. Afsuski, u yerda ham ishlar yaxshi koʻrinishga kelmaganidan soʻng, Villash 2017 yildan beri ishsiz yuribdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar