“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:37
ЎЗO‘Z

Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan til biriktirgani haqidagi ayblovlar tasdiqlanmadi

25 mar, 16:15 2 589 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan til biriktirgani haqidagi ayblovlar tasdiqlanmadi AQSH bosh prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari boʻyicha surishtiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etdi.

“Surishtiruv Tramp kampaniyasi ishtirokchilari yoki u bilan aloqador shaxslarning 2016 yilgi AQSH prezidenti saylovlariga tasʼir koʻrsatish uchun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi”, — dedi Barr kongressmenlarga.

Hujjatda aytilishicha, AQSH maxsus prokurori Rossiyaning saylovlarga aralashuvi holatlarini aniqlagan. Gap Internet-tadqiqotlar agentligi (“trollar fabrikasi”) haqida bormoqda. Myullerning hisoblashicha, agentlik saylovlar natijasiga taʼsir koʻrsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon maʼlumotlar tarqatgan. Ammo agentlik va Trampning saylovoldi kampaniyasi oʻrtasida aloqa borligi aniqlanmagan.

Shu bilan birga Myuller Xillari Klintonning elektron pochtasi Rossiya bilan aloqador xakerlar tomonidan buzilgan degan xulosaga kelgan. Biroq maxsus prokuror ular va Tramp jamoasi oʻrtasida bogʻliqlik topmagan.

AQSHda Trampning 2016 yilgi prezident saylovlarida Rossiya bilan hamkorlik qilgani haqida ayblovlar yangragan, Rossiya prezident saylovlariga taʼsir koʻrsatishda ayblangan. Ammo Tramp ham, Kreml ham bu ayblovlarni rad etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar