“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:59
ЎЗO‘Z

Rossiya aholisi kamaya boshladi. Muammoning yechimi – migrantlarda (mi?)

16 mar, 07:45 6 972 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya aholisi kamaya boshladi. Muammoning yechimi – migrantlarda (mi?) 2018 yilning yanvar-oktabr oylarida Rossiya aholisi soni 78,7 ming kishiga kamaydi, deb maʼlum qildi Rosstat. Bu Rossiyada keyingi 10 yil ichida aholi sonining ilk bor kamayishidir. Soʻnggi marta bunday holat 2008 yilda qayd etilgan: migratsion oqimning tabiiy kamayish oʻrnini toʻldira olmagani natijasida aholisi soni 10,3 ming kishiga kamaygan.

Oʻtgan yil dekabrida Rosstat aholining tabiiy kamayishi 2018 yilning 11 oyi davomida 180,5 ming kishini, migratsion oʻsish esa 101,8 ming kishini tashkil qilganini bildirgandi.

2019 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Rossiyada 146 million 793,7 ming kishi istiqomat qiladi, bir yil avval bu raqam 146 million 880,4 ming kishini tashkil etgandi.

Migrantlar kelishi kamaydi

Avvalroq BMT 2050 yilga kelib Rossiya aholisi soni 11 million kishidan koʻproqqa kamayib, 133 million kishini tashkil etishini taxmin qilgandi. 2018 yil yanvar-oktabr oylarida tugʻilish 1,352 million nafarni tashkil etgan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 66 mingga kamdir.

Rosstat maʼlumotiga koʻra, aholi soni kamayishi birinchi navbatda qishloq joylarda yuz bergan. Shahar aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 109 million 451,3 ming kishini (2018 yil 1 yanvar holatiga 109 million 326,90 ming kishi) tashkil etgan boʻlsa, qishloq aholisi soni 37 million 342,4 ming kishini (2018 yil 1 yanvar holatiga 37 million 553,5 ming kishi) tashkil qilgan.

Rossiya aholisi soni 2018 yildan kamaya boshlashi haqida oʻtgan yili RANXiGS va Gaydar instituti ekspertlari ogohlantirishgandi.

Ularning iyul oyidagi monitoringida aholining migratsion oʻsishi qisqarishda davom etayotgani va tabiiy kamayish oʻrnini qoplay olmasligi aytilgandi.

“Asosiy sabab — Ukrainadan keluvchilarning kamayishi va Markaziy Osiyo davlatlaridan keluvchilarning odatiy koʻrsatkichi sekin tiklanishi”, deyilgandi hisobotda.

Ekspertlarning qayd etishlaricha, 2018 yilning dastlabki toʻrt oyida Rossiya aholisi Ukrainadan kelgan migrantlar hisobiga 7,4 ming kishiga koʻpaygan, 2017 yil yanvar-aprelida esa Ukrainadan 27,3 ming kishi, 2016 yilning xuddi shu davrida esa 35,3 ming kishi Rossiyaga kelgan.

2018 yilda migratsion oʻsish 2017 yilga nisbatan 43 foizga yoki 76,6 ming kishiga kamaygan. Rossiyaga Ukrainadan migrantlar kelishi 74 foizga, Oʻzbekistondan 70 foizga va Qirgʻizistondan 40 foizga qisqargan. Qayd etilishicha, MDH davlatlari Rossiya uchun asosiy migrant donorlari hisoblanadi, ammo bu resurs tugamoqda.

Tabiiy kamayish sabablari

Tabiiy kamayishning asosiy sababi tugʻilishlar soni qisqarishidir. 2018 yil yanvar—oktyabrida tugʻilishlar soni 1,352 million kishini tashkil etgan boʻlib, bu avvalgi yildagiga qaraganda 66 ming nafarga kamdir. Tugʻilishning kamayishi mamlakatning 85ta regionidan 83tasida qayd etilgan.

Tugʻilish kamayishida mamlakat aholisining moddiy ahvoli yomonlashishi ham oʻz oʻrniga ega, deb hisoblaydi iqtisodchi Vladimir Tixomirov. Rossiyaliklarning real daromadlari soʻnggi toʻrt yil davomida pasayib bormoqda.

Aholi kamayishining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri

Mamlakat umumiy aholisi sonining kamayishi mehnatga layoqatli rossiyaliklar sonining kamayishi, keksalar sonining esa koʻpayishini anglatadi. Ishchi kuchining kamayishi mamlakat iqtisodiy oʻsishini sekinlashtiradi, deydi Tixomirov. Hozirda Rossiya mehnat bozorida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Mehnatga layoqatli aholi sonining kamayishi pensionerlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ishlaydigan fuqarolarga yuklamani oshiradi. Tixomirovning fikricha, mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishi muammosini faqat tugʻilishning koʻpayishi yoki mehnatkash migrantlar oqimigina hal qilishi mumkin.

Migrantlar muammoning yechimi sifatida koʻrilmoqda

Tugʻilishlar sonini oshirish va aholi soni kamayishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Rossiya hukumati kam daromadli oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi chora-tadbirlarni joriy etdi. 2018 yil 1 yanvardan Rossiyadagi oilalar birinchi va ikkinchi farzand tugʻilgani uchun har oyda nafaqa olish huquqiga ega boʻldi.

Hukumat aholi sonini koʻpaytirish boʻyicha “Demografiya” deb nomlangan milliy loyihani ishlab chiqdi. Loyiha 2024 yilgacha davom etadi. 2019 yilda ushbu loyihani amalga oshirish uchun 512 milliard rubl, 2020 yilda 522 milliard rubl, 2021 yilda esa 528 milliard rubl sarflanishi rejalashtirilgan.

“Kommersantʼ” nashri maʼlumotlariga koʻra, yaqin besh yil ichida Rossiya fuqarolari sonini 5-10 million kishiga koʻpaytirish rejalashtirilgan. Donorlar sifatida aksariyat aholisi rus tilida soʻzlashadigan mamlakatlar: Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Moldova koʻrilmoqda.

Nashrning qayd etishicha, bu yoʻnalishdagi qonunchilik ishi allaqachon boshlangan: migratsiya siyosati boʻyicha yangi konsepsiyadan tashqari, fuqarolik masalalari bilan bogʻliq qonunlar allaqachon qabul qilingan yoki qabul qilinish jarayonida.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekistonning 4,5 million nafar fuqarosi migratsion roʻyxatga olingan, 3,25 million kishi - roʻyxatdan chiqarilgan (saldo 1,25 million). Ikkinchi oʻrinda Tojikiston fuqarolari: 2,33 million kishi roʻyxatga olingan, 1,53 million kishi roʻyxatdan chiqarilgan (saldo - deyarli 800 ming kishi).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 126
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 207
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 108
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 95
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar