“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:24
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev: “Yaqin 4-5 yilda barcha bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinadi”

08 mar, 18:33 5 054 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev: “Yaqin 4-5 yilda barcha bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinadi” Oʻzbekistonda yaqin 4-5 yilda bogʻcha yoshidagi barcha bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimdagi nutqida maʼlum qildi.

“Biz yaqin 4-5 yilda yurtimizdagi bogʻcha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olish vazifasini oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu – bizning ayollarimiz, bolalarimiz oldidagi qarzimiz, kerak boʻlsa, kelajak oldidagi muqaddas vazifamiz va biz uni albatta ado etamiz”, - deya aytib oʻtdi davlat rahbari.

Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda 7 ming 104 ta maktabgacha taʼlim maskani faoliyat koʻrsatmoqda. Keyingi 2 yil davomida 2 ming 211 ta yangi bogʻchalar tashkil etilib, ularga qoʻshimcha 243 ming bola qabul qilindi.

“Boshqacha aytganda, yurtimizda bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish darajasi soʻnggi bir yarim yilda 12 foizga oshib, 38 foizni tashkil etmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan 2017 yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Hujjatda aytilishicha, soʻnggi 20 yil davomida mamlakatda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining soni 45 foizdan koʻproqqa qisqardi, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish esa taxminan 30 foizni tashkil etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 192
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 215
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar