“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlar uchun: Bojxonalarda “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar ishga tushirildi (foto)

01 mar, 22:50 5 069 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlar uchun: Bojxonalarda “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar ishga tushirildi (foto) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan bojxona sohasida Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi amaliyotga joriy etilib, tovar va transport vositalari uchun ham bojxona nazoratida maxsus yoʻlaklar joriy etildi.

Jumladan, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yoʻlaklar ishga tushirilgan boʻlsa, 2019 yil 1 martdan boshlab “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar joriy etildi.

Ushbu tizimni toʻlaqonli amalga kiritish orqali “yalpi” bojxona nazoratini oʻtkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati quyidagi yoʻlaklardan biriga yoʻnaltirilgan holda amalga oshiriladi:

“yashil yoʻlak”, bunda xavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi.

“qizil yoʻlak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

“sariq yoʻlak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

“koʻk yoʻlak”, bunda xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu tizim tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi yuzasidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol oʻynaydi.

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirishga, bojxona nazorati xajmining kamayishiga, sifatining oshishiga, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar endilikda Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona.uz sayti orqali bojxona yuk deklaratsiyasining maqomi hamda uning qaysi yoʻlakka joylashtirilganligi toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot olish imkoniyatiga ham ega boʻlishdi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yoʻnalishidagi muhim yangilik hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar