“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:47
ЎЗO‘Z

Sud tomonidan kimlarga ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin?

01 mar, 08:23 4 516 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sud tomonidan kimlarga ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin? Sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgani uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslar, Jinoyat kodeksiga binoan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etgani uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Senat yalpi majlisida muhokama qilingan O‘zbekiston qonunida ma’lum qilingan.

28 fevral kuni o‘z ishini boshlagan Senat XVIII-yalpi majlisida «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunda quyidaga asosiy tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda:
- ma’muriy nazorat;
- ma’muriy cheklov;
- nazorat ostidagi shaxs;
- nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bundan tashqari, nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan o‘rnatilishi sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida ma’muriy cheklovlarga aniqlik (alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash va h.k.) kiritilmoqda va ular to‘ldirilmoqda.

Shu bilan birga, qonunda belgilanishicha, qo‘llaniladigan ma’muriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organlarining taqdimnomasi yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakillari arizasi, shuningdek, mehnat jamoasi, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining iltimosnomasiga ko‘ra, qisman bekor qilinishi mumkin.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar