“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 12:35
ЎЗO‘Z

2019 yilda jahon iqtisodiyoti uchun 10 ta asosiy xatar ma’lum qilindi

28 fev, 07:30 5 878 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yilda jahon iqtisodiyoti uchun 10 ta asosiy xatar ma’lum qilindi Britaniyaning The Economist jurnali ekspertlari 2019 yilda global iqtisodiyot uchun asosiy xatarlarni ma’lum qilishdi, reyting jurnal saytida joylashtirildi.
Ekspertlarning fikricha, xalqaro iqtisodiyot istiqbollari yomonlashmoqda. Iqtisodiy o‘sish 2018 yilda 2,9% dan 2019 yilda 2,8% ga va 2020 yilda 2,6% gacha kamayishi kutilmoqda.

Savdo urushlari
Jurnal ekspertlari fikricha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi mojaroning keng ko‘lamli savdo urushiga aylanib ketishi jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid bo‘ladi. The Economist mutaxassislari bildirishicha, bunday yakun xavfi o‘rtacha darajada. Ularning ta’kidlashicha, bunday yakunni amalga oshirish o‘ta jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Pekin va Vashington muzokaralar olib bormoqda, ular vaziyat yomonlashishidan qochish mumkin bo‘lgan savdo bitimini tuzishiga umid bor. Shunga qaramay, bunday sulh vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, sababi XXR AQShning barcha talablarini bajarmaydi. The Economist ekspertlari fikricha, bunday ziddiyatlar global savdoda hajmlar pasayishiga olib keladi, inflyatsiya, iste’molchilar xulq-atvori, biznes va iqtisodiy o‘sishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, asosiy xatarlar top-3ligiga korporativ qarzlar va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodidagi katta inqiroz tufayli yuzaga keladigan AQSh retsessiyasi kirdi. Hisobot tuzuvchilarining ta’kidlashicha, dunyoda savdo urushi bilan birga texnologik savdo urushi ham boshlanishi mumkin.

Xitoyda davomiy inqirozning boshlanishi
The Economist fikricha, XXR iqtisodiyotining qulashi ehtimoli (2018 yilda YaIM, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 yil ichidagi eng yomon natijani ko‘rsatgan holda 6,6 foizga o‘sdi) juda kamdir. Biroq, Xitoy hukumati, AQSh bilan savdo mojarosida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rib, xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. The Economist’ning bildirishicha, YaIM 230 foizidan oshiq bo‘lgan, mamlakat ichki kreditlar hajmi Xitoyning eng zaif nuqtasi sanaladi.

«Xitoy va boshqa rivojlanayotgan bozorlardagi talabga nisbatan g‘arb ishlab chiqaruvchilari hamda reteylerlari qaramligi o‘sib borayotganini hisobga olsak, Xitoyda [iqtisodiy] o‘sishning pasayishi jiddiy global oqibatlarga ega bo‘ladi - bu o‘tgan o‘n yilliklardagidan ko‘ra ancha katta», - deyiladi hisobotda.

Hisobotda ko‘rib chiqilgan yana bir masala - neft narxlarining keskin sakrashi va Italiyadagi bank inqirozi.

Bundan tashqari, jahon iqtisodiyotiga «qattiq Breksit» Koreya yarim orolidagi harbiy qarama-qarshilik, hududiy da’volar bo‘yicha harbiy harakatlar va katta kiberhujumlar tahdid qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 57
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 113
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 213
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 140
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 110
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 53
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 108
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 29
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 42
  • Bo‘limlar