“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:38
ЎЗO‘Z

O‘FA tomonidan futboldan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan o‘zbek futboliga qaytdi

26 fev, 17:37 6 060 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘FA tomonidan futboldan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan o‘zbek futboliga qaytdi O‘zbek futboli mutaxassislaridan biri Samvel Babayan Toshkentning «Lokomotiv» klubida faoliyat olib boradi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Babayan «Lokomotiv» klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlangan.

Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;
2. «Lokomotiv» bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
3. Klub moddiy-texnika bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Samvel Babayan asosan «Paxtakor» klubidagi va O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. 2014 yilda u «Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, 2014 va 2015 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2017 yilda milliy terma jamoa bilan JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagan edi.

2018 yil yanvar oyida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Samvel Babayanni «Paxtakor» klubi futbolchilari shartnomasi bilan bog‘liq qallobligi uchun futboldan umrbod chetlatgan edi. Shundan so‘ng u Latviyaning «Spartak» klubida bosh murabbiy va texnik direktor bo‘lib ishladi.
Qayd qilish joizki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Samvel Babayandan diskvalifikatsiya olib tashlangani haqida hech qanday qarorni e’lon qilmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 0
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 210
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 511
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 68
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar