“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:38
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda «Isuzu»dagi shakar selitra bo‘lib chiqdi

26 fev, 08:53 5 932 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda «Isuzu»dagi shakar selitra bo‘lib chiqdi Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Qarshi-G‘uzor” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro J.N. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan og‘irligi 10,2 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Shundan so‘ng, Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida “Chiroqchi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro G‘.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasida 7,5 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.

Shuningdek, fuqaro E.A boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini belgilangan tartibda tekshirish jarayonida ushbu shaxs 50 kilogrammli qoplarda shakar olib ketayotganligini ma’lum qildi. Ammo uning bu hiylasi naf bermadi.
Bojxonachilar umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik 7,5 tonna “sulfat ammoniya” mineral o‘g‘itlarini ashyoviy dalil sifatida olishdi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida umumiy og‘irligi 40 tonnadan ziyod mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar