“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:52
ЎЗO‘Z

Davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalari qisqartiriladi

13 fev, 13:02 4 537 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalari qisqartiriladi Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, “Raqobat to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun normalarini birlashtirish;
- davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartirish maqsadida tabiiy monopoliya sohalari ro‘yxatini keskin qayta ko‘rib chiqish;
- monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish;
- monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya sub’ektlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish;
- intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarshi faoliyat huquqlarining muvozanatini ta’minlash;
- axborot tizimlari bozorini tartibga solish xususiyatlari.

Bildirilishicha, qonun loyihasini qabul qilish tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solishni kuchaytirish, qonun buzilish holati uchun tabiiy monopoliya sub’ektlarining javobgarligini oshirish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solishni ta’minlash imkonini beradi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 oktyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 noyabr.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 1
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar