“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:32
ЎЗO‘Z

Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi

13 fev, 12:38 4 868 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Dasturga ko‘ra, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- 2021 yildan boshlab, majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
- majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish;
- sog‘liqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablag‘larini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish;
- “har bir to‘liq davolangan holat” hisobidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;
- tibbiy sug‘urta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 iyul, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 avgust.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 132
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 165
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 215
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 248
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 55
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar