“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Gazga eng boy davlatlar reytingi. O‘zbekiston yigirmatalikda

10 fev, 19:20 8 232 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gazga eng boy davlatlar reytingi. O‘zbekiston yigirmatalikda Tabiiy gaz ham neft singari jahon iqtisodida va insoniyat turmushida muhim rol o‘ynovchi boylik hisoblanadi. Ammo tabiat bu ne’matni yer yuzi bo‘ylab bir xil taqsimlamagan.

Dunyoda tabiiy gazning isbotlangan zaxiralari bo‘yicha yetakchi davlatlarga oid turli xil ma’lumotlar uchraydi. Kimdir bu borada Rossiyani birinchilikka qo‘ysa, yana qaysidir tadqiqot markazining hisob-kitoblariga ko‘ra Eron bu borada mutlaq yetakchi. Shuningdek Qatar va hatto Turkmanistonni ham tabiiy gazga eng boy hisoblovchi tashkilotlar bor.

Quyida e’tiboringizga sohaga oid tadqiqotlar va qazish ishlari borasida katta tajribaga ega bo‘lgan British Petroleum transnatsional neftegaz kompaniyasi hamda Jahon energetikasining statistik tahlili (Statistical Review of World Energy) ma’lumotlari asosidagi 2018 yilda tuzilgan gazga (shu jumladan slans gaziga ham) eng boy davlatlar reytingi taqdim etiladi.

1. Rossiya – 47,8 trln kub.metr
2. Eron – 33,72 trln kub.metr
3. Qatar – 24,07 trln kub.metr
4. AQSh – 8,7 trln kub.metr
5. Saudiya Arabistoni – 8,6 trln kub.metr
6. Turkmaniston* – 7,5 trln kub.metr
7. BAA – 6,1 trln kub.metr
8. Venesuela – 5,7 trln kub.metr
9. Nigeriya – 5,47 trln kub.metr
10. Xitoy – 5,44 trln kub.metr
* Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Turkmaniston 17,5–25 trln. kub.metr zaxiraga ega. Ammo bu davlatda ko‘p ma’lumotlar oshkor qilinmasligi bois raqamlar farqlanadi.

Tabiiy gazni qazib olishda esa reyting keskin o‘zgaradi.

1. AQSh – yiliga 751 mlrd kub.m
2. Rossiya – yiliga 642 mlrd kub.m
3. Eron – yiliga 227 mlrd kub.m
4. Qatar – yiliga 183 mlrd kub.m
5. Kanada – yiliga 174 mlrd kub.m
6. Xitoy – yiliga 137 mlrd kub.m
7. Norvegiya – yiliga 120 mlrd kub.m
8. Saudiya Arabistoni – yiliga 111 mlrd kub.m
9. Jazoir – yiliga 93 mlrd kub.m
10. Turkmaniston – yiliga 82 mlrd kub.m
Mavzuga oid: British Petroleum hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston 1,85 trln kub.metr gaz zaxirasi bilan dunyoda 19-o‘rinni egallaydi. Qazib olish hajmi bo‘yicha 2016-2017 yillarda yiliga 57-62 mlrd kub.m ko‘rsatkich bilan 14-15 o‘rinlarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 61
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 20
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 216
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 218
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 132
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 130
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 14
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 12
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 61
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 20
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 216
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 54
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 218
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 132
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 48
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 130
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 75
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 47
  • Bo‘limlar