“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi

10 fev, 11:36 5 880 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi 1 ming 500 dollari miqdorida pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Joriy yilning 2 fevral kuni Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi A.S. viloyat ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unga ko‘ra shaharning Yangi asr ko‘chasida joylashgan otasi nomiga rasmiylashtirilgan orderli uyni o‘z nomiga o‘tkazib berishlarini so‘rab, shahardagi uy-joy bo‘limiga murojaat etgan. Bo‘limda mutaxassis sifatida ishlovchi xodim orderni uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSh dollari pora talab qilayotganligini bildirgan.

Fuqaroning arizasiga asosan viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Qirguli mavzesida arizachidan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 59
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 195
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 167
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 113
  • So'nggi yangiliklar
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 0
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 62
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 139
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 300
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 58
  • Bo‘limlar