“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

Kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha eng yaxshi davlatlar reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

08 fev, 06:00 7 182 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha eng yaxshi davlatlar reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha davlatlar reytingini tuzdi. Reytingga 60 ta davlat kiritilgan bo‘lib, unga Yaponiya yetakchilik qilmoqda. Oxirgi o‘rinni esa Jazoir egallagan. Ro‘yxatga O‘zbekiston ham kiritilgan bo‘lib, u 56-o‘rinni egallagan.

Davlatlarning reytingdagi o‘rniga 7 ta mezon, jumladan zararli dasturiy ta’minot bilan zararlangan mobil qurilmalar va kompyuterlar ulushi, pullarni o‘g‘irlash maqsadida amalga oshirilgan xakerlik hujumlari soni, u yoki bu davlatning xkayerlik hujumlariga tayyorlanganligi, tegishli qonunchilik mavjudligi kabilar ta’sir qilgan. Har bir davlat 0 dan 100 ballgacha to‘plashi mumkin bo‘lgan, bunda to‘plangan ball qanchalik kam bo‘lsa, davlat kibertahdidlardan shunchalik yaxshi himoyalangan hisoblanadi.

Yakuniy jadvalga ko‘ra, Yaponiya 8,8 ball to‘plagan. 2- va 3-o‘rinlarni Fransiya va Italiya egallagan. Ushbu davlatlar mos ravishda 10,6 va 11,2 ball to‘plagan. Eng yaxshi davlatlar o‘ntaligiga Daniya, AQSh, Irlandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Singapur kiritilgan. Reytingning oxirgi o‘rnini egallagan Jazoir 55,8 ball to‘plagan.

O‘zbekiston 50,5 ball bilan 56-o‘rindan joy olgan. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlaridan reytingga kiritilgan yagona davlat bo‘lgan.

Shuningdek, alohida mezonlar bo‘yicha yetakchi yoki qoloq davlatlar ham e’lon qilingan. Misol uchun, Bangladeshda mobil telefonlarning zararli dasturlar bilan zararlangani ulushi eng yuqoriligi, eng ko‘p kompyuterlar zararlangani Jazoirda qayd qilingan. Pul o‘g‘irlash maqsadida xakerlik hujumlariga eng ko‘p Germaniya uchragan.

Kiberhujumlarga eng yaxshi tayyorlangan davlat sifatida Singapur, eng kam tayyorlangan davlat sifatida esa Vetnam e’tirof etilgan. Shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy talablarga Fransiya, Xitoy, Rossiya va Germaniya qonunchiligi eng yaxshi javob berishi qayd qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 88
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar