“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:56
ЎЗO‘Z

Sukerberg “Tvitter” rahbarini o‘zi boqqan echki go‘shti bilan mehmon qilgan

05 fev, 09:45 3 812 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sukerberg “Tvitter” rahbarini o‘zi boqqan echki go‘shti bilan mehmon qilgan Facebook asoschisi Mark Sukerberg “Tvitter” rahbari Jek Dorsi ko‘z o‘ngida o‘zi boqqan echkilardan birini elektroshokerda jonsizlantirib, so‘ngra so‘ydirgan. Bu haqda Dorsi Rolling Stone jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

“Mark hayotida bir yil davomida o‘zi o‘ldirgan jonzotlar go‘shtinigina yegan davr bo‘lgan. Palo-Altoda shunday qoida borki, yer egasi 6 bosh chorva boqish huquqiga ega. Mark esa echkilar boqqan”, deb ma’lum qilgan Dorsi intervyuda.

Sukerberg shu kuniyoq Dorsini uyiga kechki ovqatga taklif qilgan. Mark hamkasbiga o‘zi tayyorlagan echki go‘shtini tortiq qilgan. Dorsining aytishicha, Facebook asoschisi go‘shtni pechga tiqib, yarim soatdan keyin uni dasturxonga tortgan.

“U o‘sha echki go‘shtini tayyorlagan. Go‘sht sovuq holda edi. Men o‘sha kecha salat bilan kifoyalanib qolganman”, deb eslagan Dorsi.

Dorsi Facebook rahbari echkini o‘ldirish uchun qanday vosita qo‘llagani haqidagi savolga bu lazer nishonga olgichli elektroshoker to‘pponchasi bo‘lganini aytgan. “Tvitter” rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Sukerberg echkiga to‘pponchadan o‘q uzgandan keyin uni pichoq bilan o‘ldirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 0
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar