“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 10:19
ЎЗO‘Z

2019 yilda O‘zbekistonda bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli arzon uy quriladi

04 fev, 18:18 6 663 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yilda O‘zbekistonda bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli arzon uy quriladi Faoliyat boshlaganiga endigina ikki yil to‘lgan «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tomonidan shu kunga qadar 602 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar barpo etilgan bo‘lib, birgina 2017 yilda belgilangan dasturga muvofiq, respublikamiz bo‘yicha jami 7 ming 919 ta xonadondan iborat 191 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilib foydalanishga topshirilgan. Shundan 102 ta ko‘p qavatli turarjoy binolari Toshkent shahrida qad ko‘targan. Poytaxtimiz va viloyatlarda barpo etilayotgan arzon uy-joylar hududlar qiyofasini o‘zgartirish, zamonaviy infratuzilma yaratish bilan birga, jamiyatdagi ko‘plab muammolarga yechim topish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, uy-joylar qurilishi uchun ishlatilayotgan qurilish materiallari hisobiga g‘isht, tayyor beton qorishmasi, temir-beton mahsulotlari va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari ko‘payishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sayotganligi;

-qolaversa qo‘shni Rossiya va Qozog‘iston Respublikalarida musofirchilikda ishlab yurgan qanchadan-qancha vatandoshlarimizning qaytib kelib, shu qurilish ob’ektlarida mehnat qilayotganliklari;

- 2017 va 2018 yillarda uy-joylarga ko‘chib o‘tgan 24 ming dan ortiq xonadonlar sohiblarining yangi maishiy texnika va boshqa jihozlar xarid qilishi mamlaktimiz yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga o‘z hizmat qilayotganidan dalolat beradi.

O‘tgan davr mobaynida injiniring kompaniya tomonidan mamlakatimizda ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish dasturi o‘tgan ikki yil davomida to‘liq bajarilib, barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy uylar o‘z vaqtida arzon ipoteka kreditlari asosida o‘z egalariga topshirildi. Kompaniya tomonidan birgina o‘tgan 2018 yil mobaynida jami 16 ming 907 xonadondan iborat 411 ta ko‘p qavatli arzon uylar bunyod etildi. Shundan 172 tasi poytaxtimizda qurilib, shahrimiz ko‘rkiga yanada chiroy baxsh etdi. Kompaniya tomonidan joriy yilda belgilangan dastur asosida 355 ta zamonaviy ko‘p qavatli arzon turarjoy binolari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 170 tasi poytaxtimizda qurilishi mo‘ljallangan.

Bugungi kunda injiniring kompaniyasi tomonidan respublikamizda qurilayotgan arzon uy-joylar qurilishiga jami 30 mingdan ortiq ishchi-mutaxassislar jalb etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 266
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 155
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 241
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 131
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 115
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 2
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 105
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 7
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 118
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 90
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 13
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 122
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 237
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 496
  • Bo‘limlar