“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:54
ЎЗO‘Z

Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun foydali tavsiyalar

01 fev, 19:20 11 732 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun foydali tavsiyalar Salomatlikka aloqador muammolarning ko‘pchiligi hazm qilishdagi muammolardan kelib chiqadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli inson organizmiga foydali oziq moddalar juda kam miqdorda tushadi. Shu tufayli, ovqat hazm qilish jarayoni normal kechishi, shuningdek, butun organizm uchun ham to‘g‘ri ovqatlanish kerak.
Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun quyidagi maslahatlarga quloq tuting deb yozadi Sof.uz nashri.

Shoshmasdan tanovvul qiling. Ovqatni yaxshilab chaynash kerak: hazm qilish og‘iz bo‘shlig‘ida boshlanadi. Yaxshilab chaynash orqali oshqozon va ichak ishini ancha yengillashtirgan bo‘lasiz.

Katta tishlamang. Ovqatni katta-katta tishlab, tez-tez yeganda, hazm qilish tizimiga ovqat bilan birga havo ham kiradi, natijada oshqozonda og‘irlik, og‘riq paydo bo‘ladi.

Ko‘proq suyuqlik iching. Ichak faoliyatini yengillashtirish va qabziyatlar oldini olish uchun kuniga kamida 8—9 stakan suv iching. Me’da shirasini suyultirmaslik va hazm qiluvchi fermentlarni yuvib yubormaslik uchun, suyuqlikni ovqat qabul qilishdan yarim soat avval ichish tavsiya etiladi.

O‘ta qaynoq yoki o‘ta sovuq narsa yemang. Gap shundaki, oshqozonda ovqatni hazm qilish jarayoni ovqatning harorati odam tanasi harorati bilan bir xil bo‘lsagina boshlanadi.

Muntazam ravishda ovqatlaning. Hazm qilish tizimiga ortiqcha og‘irlik tushirmaslik uchun kun davomida asosiy ovqatlanish paytidan oldin tamaddi qilib olmaslik kerak. Shuningdek, har kuni bir xil vaqtda ovqatlanish maslahat beriladi, shunda organizmda ishlay boshlash vaqti bo‘yicha odat shakllanadi.

To‘g‘ri ovqatlaning. Ovqat hazm qilishi yaxshi bo‘lishi uchun tez tayyor bo‘ladigan oziq-ovqatlardan (fast food) voz kechish kerak. Ertalab hali uyg‘onib ulgurmagan organizmga og‘irlik tushirmaslik va butun kun uchun energiya to‘plab olish maqsadida yengil, lekin kaloriyali ovqat yeyish kerak. Og‘irroq taomlar tushlikka mos tushadi, biroq kechki ovqatga bunday taomlar yeyish va to‘yib ovqatlanish hech ham mumkin emas.

Qatiq mahsulotlarini iste’mol qiling. Qatiqda ichak faoliyatini normallashtiruvchi foydali bakteriyalar bo‘ladi. Bundan tashqari, qatiq moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, hazm qilish organlarining shilliq qatlamini shakllantiradi, zaharli moddalarni chiqarib tashlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 312
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 209
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 473
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 314
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 349
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 426
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar