“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 15:15
ЎЗO‘Z

Vazir o‘rinbosari turkiyalik investor Axmet Demirning aybloviga javob qaytardi

01 fev, 18:24 5 809 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazir o‘rinbosari turkiyalik investor Axmet Demirning aybloviga javob qaytardi Turkiyalik tadbirkor Axmet Demir «Xalq so‘zi» nashriga bergan intervyusida «Chorsu» mehmonxonasi rekonstruksiyasi nima uchun oqsayotgani haqida gapirib, bu jarayonda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddilarni ayblagan edi.

31 yanvar kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida turkiyalik tadbirkorning e’tirozlariga javob berildi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Xususan, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomovning aytishicha, Ahmet Demir «Chorsu» mehmonxonasi bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan.2017 yilda

Demir Group kompaniyasi 2017 yilning sentyabr oyida «Chorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 million dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi.

«Mana Tashkent City. U qurilmoqda, lotlar bunyod etilyapti. Undan yarim kilometr masofada joylashgan ‘Chorsu’ mehmonxonasini olaylik. 20 yildan beri qurilmoqda. Turkiyalik tadbirkorga uni bepul berganmiz.

To‘rt yulduzli mehmonxona va’da qilishgandi, katta va’dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani ko‘ryapmiz. Va’dani bajarish o‘rniga, o‘zbek banklari pul bermagani, shuning uchun muddatlar kechikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda o‘zbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan», — deydi Ravshan G‘ulomov.

«Eng katta muammo - qog‘ozbozlik. Bizga qo‘shimcha yer kerak, sababi mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishi va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi», — degan edi Axmet Demir o‘z intervyusida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 16
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 30
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 24
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 262
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 355
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 261
  • So'nggi yangiliklar
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 0
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 0
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 1
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 16
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 180
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 35
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 84
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 30
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 59
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 31
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 124
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 86
  • Bo‘limlar