“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 22:15
ЎЗO‘Z

Yaxshilikning javobi yaxshilik...

29 yanv, 14:27 6 057 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaxshilikning javobi yaxshilik... Bu voqeaga ancha boʻldi. Tibbiyot kollejida direktor oʻrinbosari edim. Oʻqituvchilar kollejning bitiruvchilari orasida bir talaba davlat imtihonlaridan oʻtolmaganini, diplom ololmasligini aytib, bu haqidagi dalolatnomaga imzo chekishimni soʻrashdi.

Dalolatnoma bilan tanishib chiqdim va oʻqituvchilarga oʻsha oʻquvchini chaqirishlarini soʻradim. Xonamga pajmurda qiyofada, ezilgan, mungli nigohlari kishiga iltijoli termulib turgan yigitcha kirib keldi. Dalolatnomaga bir qur nazar tashlab oldim-da, talabaga qaradim:

– Xoʻsh, Ochilov, yaxshi oʻqimabsiz-ku, endi nima qilamiz? Oʻqituvchilaringiz sizga diplom berishmoqchi emas...

Gapimni tugatar-tugatmasimdan yigitcha izillab yigʻlab yubordi. Yuragim uvishib-ezilib ketayotgan boʻlsa-da uni ovutishga kuch topolmadim oʻzimda. Jim kuzatib turaverdim. Talaba uzoq yigʻladi. Xoʻrsinib-xoʻrsinib koʻz yosh toʻkdi. Oʻzimni yigʻidan arang toʻxtatib uning tinchlanishini kutdim. Birozdan soʻng mehnatdan qoraygan, qadoq barmoqlari bilan koʻz yoshlarini artib, indamay boshini quyi solgancha oʻtiraverdi.

– Ochilov, biz tibbiyot xodimlarimiz. Kasb-korimizni miridan-sirigacha puxta bilishimiz, umuman xatoga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Bilasiz, tibbiyot xodimi inson hayotiga masʼul shaxs hisoblanadi. Javobgarlik hissini anglashingiz kerak. Biz sizni davlat imtihonlaridan oʻztkazib, diplom bersak, ertaga biror tibbiyot muassasasiga ishga joylashsangiz, Xudo koʻrsatmasin, biror qaltis xatoga yoʻl qoʻysangiz siz bilan bab-baravar biz ham javobgar boʻlamiz. Shunday ekan, xoʻsh, endi oʻzingiz ayting siz bilan qanday yoʻl tutishimiz kerak?..

Talaba yerga kirib ketguday boʻlib bukchayib qoldi. Soʻng shikasta ovozda gap boshladi:
– Ustoz, aslida tibbiyotga qiziqaman. Bu soha menga begona emas. Otam vrach-narkolog. Juda qattiqqoʻl odam. Boshqa oilalari bor... Ikkinchi ayollaridan farzandlari ham bor. Bizga uncha yordam bermaydilar. Bogʻimiz bor. Oʻsha yerda ishlab, onam va singillarimni boqaman. Mol boqaman, dala-roʻzgʻorning ishini qilaman. Ustoz, uyimizning erkagi oʻzimman. Shuning uchun yaxshi oʻqiyolmay qoldim...

Qaltirab-titrab iztirobini tiliga zoʻrgʻa chiqarayotgan yigitchaga razm soldim. Nimjon, oriqqina bola ekan. Kiyimlari ham uniqqanroq. Hayot shafqatsizlik bilan imtihon qilayotgan bolani imtihondan oʻtkazmay, diplomsiz qoldirib men ham zulm qilsam oʻzimni kechirolmasdim. Koʻnglim buzilib, uch baho qoʻydim-da, talabaga:

– Lekin unutmang, qachon ishga joylashsangiz avval albatta yaxshi bir ustozdan saboq oling. Sizga oq yoʻl!.. – dedim. Bu voqea yuragimga ogʻir tosh kabi yuk boʻldi. Ammo vaqt davo ekan hammasiga. Yillar suroni bitta uch bahoim bilan qutulib qolgan Ochilovni ham xayolimdan faromush qildi butkul.

Yillar oʻtib Alloh menga oʻgʻil farzand berdi. Bir kuni chaqaloq oʻgʻlim bilan uzoqroq qishloqdagi qarindoshlarimnikiga otlandim. Yoʻlda biz oʻtirgan avtomashina buzilib, yetti yot begona joylarda chaqalogʻim bilan qolib ketdim. Atrofda na daraxt bor, na bir giyoh. Uzoqdan qishloq, uylar koʻrinadi. Quchogʻimdagi oʻgʻlim bigʻillab yigʻlar, oʻzim chor-atrofga qoʻrqib alanglab turaverdim. Bir payt “Ustoz, ustoz!” degan ovoz chalindi qulogʻimga. Battar qoʻrqib ketdim. Uzoqdan allambalo kiyinib olgan, shimini tizzasigacha shimarib olgan, oyoqlari loy, yelkasida ketmon bilan bir yigit men tomonga qarab kulib kelayotgandi. Notanish erkakning men tomonga kelayotganini koʻrib battar qoʻrqib ketdim va jon holatda bolamni bagʻrimga bosib yurishga shaylandim. Yigit yugurgilab orqamdan yetib oldi:

– Ustoz, Muhabbat opa, yaxshimisiz? Assalomu alaykum! Men oʻsha siz imtihondan oʻtkazib, diplom olishiga yordam bergan Ochilovman! – dedi yigit shosha-pisha. U javobimni ham kutmay menga rahmat yogʻdira ketdi: – Uyga yuring, mehmonim boʻling, opa – dedi ancha toʻlishib, quvvatga kirgan sobiq talaba Ochilov. Unamadim. Qorongʻu tushmay uyimga yetib olishim kerakligini aytdim.

– Unda meni kutib turing, bir pasda chiqaman, – dedi.
Birozdan keyin Ochilov toza kiyimlarini kiyib, mashinasiga mevalardan solib chiqdi. Mashinasiga chiqdim. Yoʻl boʻyi minnatdorligini aytib keldi.

Oʻshanda toʻgʻri aytgan ekansiz. Hozir qishlogʻimizda feldsher boʻlib ishlayapman. Oʻshanda – imtihondan oʻtkazmaganingizda, diplom ololmaganimda otam meni urib oʻldirishi ham mumkin edi. Yaxshiligingizni bir umr unutmayman, ustoz. Aytganingizday tibbiyot sohasini oʻrganyapman, shu bilan birga oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishga ham tayyorlanyapman. Bogʻimizning mevalari serob boʻlyapti, onam ham, singillarim ham xursand. Endi Alloh yorlaqab oliy oʻquv yurtiga kirib olsam boʻldi edi, boshqa armonim qolmas edi, – dedi sobiq talabam.

Uyga yetib keldik. Ochilov menga qayta-qayta minnatdorchilik bildirib ortiga qaytdi. Oʻsha kuni amin boʻldimki, yaxshilik hech qachon izsiz, besamar ketmas ekan...
Umida ADIZOVA

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 195
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 299
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 159
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 280
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 146
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 0
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 11
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 26
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 160
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 41
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 87
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 281
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 52
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 52
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 225
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 73
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 119
  • Bo‘limlar