“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 03:47
ЎЗO‘Z

Advokatga tazyiq o‘tkazgan ichki ishlar xodimlari hibsga olindi

28 yanv, 22:33 5 699 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Advokatga tazyiq o‘tkazgan ichki ishlar xodimlari hibsga olindi Advokatlik instituti takomillashtirilayotgan bugungi kunda soha xodimlariga nisbatan turli ko‘rinishdagi tazyiqlar uchrab turibdi. Ularni urish, hatto bir-ikki kunga qamab qo‘yish holatlari ham ro‘y berayotir. Advokatlar palatasining Adliya vazirligi bilan o‘tkazgan anonim so‘rovlarning natijalari juda qo‘rqinchli, deb yozmoqda «Advokatnews» o‘z manbasiga tayanib.

«Albatta, bu anonim so‘rovnoma, — deyiladi xabarda, — biroq asosli faktlar ham kam emas. Jumladan, o‘tgan yili Andijon viloyatida ichki ishlar tizimining mansabdor xodimlaridan biri advokatni oldiga chaqirib, uning orderini va ishonchnomasini yirtib tashlagan. Shuningdek, ushbu advokatning himoyasidagi shaxsni ham advokat tomonidan yozilgan kassatsiya tartibidagi arizadan voz kechishga majburlab, bu to‘g‘risida yozib berishini talab qilgan. Ammo advokat uddaburon ekan, o‘z huquqlarining buzilayotgani to‘g‘risida zudlik bilan prokuraturaga murojaat qilib, Advokatlar palatasiga ham bildirgi bergan. Natijada mazkur masala yuzasidan bir qator idoralar bilan muloqotlar olib borilib, tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shunga ko‘ra, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga bunaqa holatlarning oldini olish masalasini ko‘rib chiqishlarini so‘rab murojaat qildik va ular tomonidan ham bunga tegishlicha munosabat bildirildi. Ayni paytda yuqorida qayd etilgan masalani Bosh prokuratura o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, jinoyat ishi ochilgan va ichki ishlar tizimining bir necha xodimi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov bu misol yagona holat emasligini ham ta’kidlaydi. Shundan xulosa qilish mumkinki, advokatlarni himoya qilishning ishlangan qulay tizimi yaratilishi kerak. Bu borada qulayroq sharoit yaratish maqsadida respublika Advokatlar palatasiga hozir 4 raqamli qisqa telefon raqami olishga harakat qilinmoqda. Shuningdek, Palata tomonidan advokatlar himoyasini ta’minlashga doir ilk Nizom ishlab chiqildi. Albatta, u hali amaliyotdan kelib chiqib takomillashtirib boriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 87
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 44
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 231
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 235
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar