“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 09:11
ЎЗO‘Z

Bundesliga. «Bavariya» «Shtutgart» darvozasiga 4 ta gol urdi

28 yanv, 09:01 2 910 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bundesliga. «Bavariya» «Shtutgart» darvozasiga 4 ta gol urdi 27 yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 19-turi doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z maydonida «Shtutgart»ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

1-bo‘limning 5-daqiqasidayoq «Bavariya» yarim himoyachisi Tyago Alkantara hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib raqib jamoa a’zosi Anastasios Donis hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 55-daqiqasida 1-golga assistentlik qilgan Kristian Gentner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:1). Oradan 10-daqiqa o‘tib, «Shtutgart» darvozasiga penalti belgilandi, ammo Robert Levandovski ushbu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. 71-daqiqada Leon Goretska Yosua Kimmix uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni yiriklashtirdi (3:1). 84-daqiqaga kelib, Robert Levandovski xatosini to‘g‘irladi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:1).

Shu tariqa Niko Kovach shogirdlari navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
«Fortuna D» jamoasi o‘z maydonida «Leypsig»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
19-tur bahslarida so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga 19-tur bahslari
27 yanvar, yakshanba

«Bavariya»—«Shtutgart» 4:1
Gollar:
1:0 – 5 Alkantara, 1:1 — 26 Donis, 2:1 — 55, avtogol, Gentner, 3:1 — 71 Goretska, 4:1 — 84 Levandovki.
«Bavariya»: Noyer, Kimmix, Sule, Hummels, Alaba, Martines (Gnabri, 46), Alkantara, Goretska, Myuller (Rodriges, 74), Levandovski, Koman (Devis, 86).
«Shtutgart»: Siler, Bek, Kabak, Kempf, Insua, Essvayn (Sosa, 90), Gentner, Askasibar, Suber (Didavi, 87), Donis (Tommi, 74), Gonsales.
Ogohlantirishlar: Alaba (32), Gentner (66).

«Fortuna D»—«Leypsig» 0:4
Gollar:
0:1 — 2 Poulsen, 0:2 — 9 Orban, 0:3 — 16 Poulsen, 0:4 — 68 Laymer.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 77
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 258
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 179
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • Bo‘limlar