“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:33
ЎЗO‘Z

Qaysi choy ozishga yordam beradi?

26 yanv, 19:54 12 449 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qaysi choy ozishga yordam beradi? Bir finjon choy – nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Ushbu maqolada matte, ulun, moychechak, yalpiz va ozishga yordam beradigan yana 5 xil choy haqida hikoya qilamiz. Agar vaznni oson va tez tashlashni istasangiz, koʻp suyuqlik ichishingiz kerak. Bunda choy optimal variantga aylanishi mumkin.

Birinchidan, unda sharbat va gazli ichimliklardagi shakar va boshqa shirin taʼm beruvchi sunʼiy moddalar yoʻq. Ikkinchidan, uning tarkibida quvvatni optimal darajada ushlab turuvchi koʻplab moddalar bor. Uchinchidan, u nafaqat foydali, balki mazali hamdir. Oʻzingiz uchun sevimli choyni tanlang va huzur bilan iching.

Oq choy: yogʻ hujayralarini eritadi
2009 yilda “Pitaniye i Metabolizm” nashrida eʼlon qilingan tadqiqot natijalari shuni tasdiqladiki, oq choy ekstrakti haqiqatan ham yogʻ hujayralarini eritish jarayonini tezlashtiradi. Olimlar bunday natijaga oʻziga xos antioksidant (ECGC)ning katta miqdori bilan erishilishini taxmin qilishmoqda.

Koʻk choy: metabolizmni ragʻbatlantiradi
Axir choyning bu turi tarkibida ham ECGC antioksidanti bor. Biroq uning super qudrati boshqa narsada. Aynan koʻk choy kofein miqdori boʻyicha chempion (aslida bu ichimlikda kofein eng oʻtkir qahvadagidan ham koʻproq). Kofein metabolizmni tezlashtiradi, shuningdek faol turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash uchun zaruriy quvvat beradi.

Matte: qondagi qand darajasini kamaytirishda yordam beradi
Janubiy Amerikada yetishtiriladiganyerba mate oʻsimligining barglaridan tayyorlanadigan juda foydali choy. U nafaqat kofeinga boy, balki tarkibidagi teofillin va teobromin moddalari sabab qondagi qand miqdorini normallashtirishga ham yordam beradi. 2015 yilda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari 12 hafta davomida kuniga bir finjon matte choyini ichganlar boshqa ichimlikni afzal bilgan xuddi oʻshanday parhez va jismoniy mashqlarga amal qilgan hamkasblariga qaraganda koʻproq vazn tashlashganini koʻrsatgan.

Ulun: qorindagi yogʻni eritadi
Moddalar almashinuvi tezligini oshirishda yordam beradigan yana bir choy turi. Bundan tashqari, ulunda bel sohasida toʻplanadigan yogʻga taʼsir qiladigan kimyoviy birlashmalar bor.

Qora choy: yogʻlar soʻrilishini bloklaydi
Agar ratsioningizda yogʻli taomlar koʻp boʻlsa, qora choy siz uchun juda zarur. Axir u yogʻlar soʻrilishini bloklab, vazn toʻplashning oldini oladi. Bu ichimlikda oʻziga xos polifenol oʻsimlik birikmalari, aynan aflavin va arabubinlar boʻlib, ular yogʻlar soʻrilishini bloklaydi. Bundan tashqari, ayrim tadqiqotlar qora choyning qandli diabet rivojlanishi ehtimolini kamaytirish kuchini ham tasdiqlamoqda – yana bir foydali xususiyat.

Yalpizli choy: ochlik hissini kamaytiradi
Toʻgʻrisini aytganda, bu choyni hatto ichish ham shart emas — hidlashning oʻzi yetarli. Iezuitlar universiteti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, yalpiz hidi ochlik hissini “boʻgʻadi”: besh kun davomida har ikki soatda yalpiz hidini hidlagan tadqiqot ishtirokchilari natijada kamroq kaloriya va shakar isteʼmol qilishgan. Shunday ekan, ichish ham, bor-yoʻgʻi hidlash ham mumkin. Natijada, vazn tashlaysiz.

Zanjabilli choy: toʻqlik hissini uzaytiradi
Zanjabil damlamasi — qon bosimini normallashtiradigan, qondagi qand miqdorini kamaytiradigan, yalligʻlanish jarayonlarini oladigan moʻjizaviy ichimlik. U shuningdek toʻqlik hissini koʻproq muddatga uzaytirishga ham yordam beradi. Shunday ekan tushligingizni zanjabilli choy bilan yakunlang – ana oʻshanda ovqat haqida ancha vaqtgacha oʻylamaysiz.

Arpabodiyonli choy: uyquda ozishga yordam beradi
Arpabodiyon uyquni muvofiqlashtiruvchi va metabolizm uchun javob beradigan gormon miqdorini oshiradi. Granada universiteti mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalari arpabodiyon mevalarini doimiy ravishda ovqatga qoʻshib isteʼmol qilish yoki ushbu oʻsimlik boʻlagi solingan choy ichib yurish vazn yoʻqotishni tezlashtirishda yordam berishini tasdiqladi. Bu jarayon hatto uyqu vaqtida ham sodir boʻladi. Naqadar yoqimli!

Moychechakli choy: zoʻriqishni oladi
Moychechak damlamasini uyqudan oldin ichish — ajoyib fikr. Birinchidan, bu ichimlik qondagi qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Ikkinchidan, sedativ xususiyatga egaligi sabab zoʻriqishdan xalos boʻlishga yordam beradi. Aynan zoʻriqish “yomon” ozuqaviy xulq-atvorni keltirib chiqaradi va bizni tez uglevodlar, shakar va turli taʼm qoʻshimchalariga ega mahsulotlarni tanlashga majbur qiladi. Agar keyingi safar asabiylashish natijasida gamburger yoki fri kartoshkasini isteʼmol qilish haqida oʻylanib qolsangiz, moychechakli choy iching. Albatta yordam beradi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 69
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 240
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 153
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 99
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 155
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 328
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 96
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 69
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Bo‘limlar