“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 21:21
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Gulnora Karimovaning pullarini qanday sarflaydi?

23 yanv, 20:28 9 130 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Gulnora Karimovaning pullarini qanday sarflaydi? Gulnora Karimovaga tegishli 800 million frankni o‘zida saqlashni istamayotgan Shveysariya hukumati pullarni O‘zbekistonga qaytarishga shoshmayapti deb yozadi Kun.uz nashri.

«Shveysariya noqonuniy yo‘l bilan topilgan boylikni o‘zida saqlab turishdan manfaatdor emas», – deb javob bergan TIV Gulnora Karimovaga tegishli aktivlar taqdiriga qiziqqan DW so‘roviga.

Shveysariya prokuraturasining DW’ga bildirishicha, jinoiy ishni mantiqiy yakuniga yetkazish uchun sud kollegiyasining qolgan to‘rt ayblanuvchiga nisbatan qarorini kutish kerak bo‘ladi.

«Keyingi o‘ttiz yil davomida Shveysariya ikki milliard dollardan ortiq pulni qaytargan - bu boshqa har qanday davlat qaytargan mablag‘dan ko‘proqdir. Ammo hozirda qaytarilishi lozim bo‘lgan boylik bilan qanday ish tutish kerakligiga baho berishga hali erta», – deyiladi Shveysariya TIV bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, asosiy masala – uning Shveysariyadagi aktivlarini nima qilish kerakligiga javob topish lozim. Ya’ni aktivlarni qaytarish va ularni qanday sarflash bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hujjat imzolanishi zarur.

Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kun.uz'ga izoh berib, «bu o‘zbek va shveysar prokuraturalari o‘rtasidagi idoralararo masala» ekanini bildirdi.
«Bular ochiqlanmaydi, ayni paytda muzokaralar davom etmoqda», – deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy ham Gulnoraning pullariga da’vo qilyapti. Uning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida Maqsudiylarga tegishli bo‘lgan O‘zbekistondagi barcha mulklari tortib olingani haqida gap boradi.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmiga ko‘ra 5 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimova mamlakat hududida jazoni o‘tamoqda. ​




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 1
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 77
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 58
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 0
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 2
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 3
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 26
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 38
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 29
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 145
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 20
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Bo‘limlar