“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:38
ЎЗO‘Z

Toshkentda qidiruvdagi bir guruh shaxslarni qo‘lga olish chog‘ida IIBB xodimlari jarohatlandi

21 yanv, 17:08 7 018 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda qidiruvdagi bir guruh shaxslarni qo‘lga olish chog‘ida IIBB xodimlari jarohatlandi Toshkentda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilishicha, ular qo‘lga olish chog‘ida faol qarshilik ko‘rsatgan.

Toshkent shahar IBBB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish davomida muqaddam bir necha bor sudlangan, shu yilning 14 yanvarida firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Farg‘ona viloyat IIB tomonidan qidiruvga berilgan 26 yoshli Vohid Toshmatovning yashash joyini aniqlashgan.

«O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida IIBB xodimlari ilgari bir necha bor sudlangan va joriy yilning 14 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismi («Firibgarlik»)da qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruv e’lon qilingan 26 yoshli Vohidjon Ulug‘bekovich Toshmatovning turar joyini aniqlashdi. Qo‘lga olish vaqtida qidiruvda bo‘lgan shaxs bilan bir xonadonda bo‘lgan qarindoshlari IIBB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishdi. Ikki nafar xodimga tan shikastlari yetkazilgan. Xizmatdoshlariga yordamga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari V. Toshmatov bilan o‘n kishini qo‘lga olishdi», deyiladi xabarda.

Tekshiruv davomida qo‘lga olingan shaxslardan yana uch nafari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lishgani aniqlangan. Ulardan biri Farg‘ona viloyati IIBB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida («Firibgarlik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan 46 yoshli Odina Solijonovna Sohibova; Toshkent viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida («Bezorilik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan farg‘onalik 22 yoshli Ozodbek Shuhratovich Sohibov; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida («Bezorilik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uchun Farg‘ona viloyati IIB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 24 yoshli Zohid Ulug‘bekovich Toshmatov.

«Toshkent shahar IIBB qo‘lga olingan shaxslar tomonidan poytaxt hududida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasida («Firibgarlik») qayd etilgan jinoyatni sodir etganliklari to‘g‘risida ma’lumotga ega», deyilgan xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 61
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar