“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:03
ЎЗO‘Z

Kapitali 1 mlrd dollar bo‘lgan yangi jamg‘arma tashkil etilmoqda

18 yanv, 10:13 4 239 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kapitali 1 mlrd dollar bo‘lgan yangi jamg‘arma tashkil etilmoqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi:

a) e’lon qilingan kapitali 1 milliard AQSh dollari miqdorida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish;

xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish;

investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikamizning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini xorijda keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish;

b) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, davlat ulushi 100 foiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi.

Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Jamg‘armaning yagona ta’sischisi hisoblanadi hamda uning kapitalini Jamg‘arma bilan birgalikda loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida investorlar tomonidan qaror qabul qilinishiga qarab shakllantiradi;

investitsiya loyihalari boshqaruv kompaniyasi tomonidan investitsiya uchun ustuvor sohalar, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik hisobga olingan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi;

bir loyiha bo‘yicha Jamg‘arma investitsiyalarining eng ko‘p miqdori ushbu loyihaga kiritilishi rejalashtirilayotgan investitsiyalar umumiy hajmining 30 foizidan oshmasligi lozim, qolgan qismi investorlarning o‘z mablag‘i va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

Jamg‘arma va boshqaruv kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 170
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar