“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:13
ЎЗO‘Z

Gaz o‘lchagich asboblari qachon davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilanadi

17 yanv, 14:20 5 179 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gaz o‘lchagich asboblari qachon davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilanadi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2014 yil 7 iyuldagi k-3 va k-1-son qarori bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi:
- Sanoatda qo‘llash uchun gazlar hajmiy va massaviy sarfining hisoblagichlari, sarf o‘lchagichlari – 24 oy;
- Maishiy qo‘llanish uchun gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari, sarf o‘lchagichlari – 48 oy;
- Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish priborlari – 120 oy.

Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin.”.

8-banddagi “gaz ta’minoti korxonasining mutaxassislari” degan so‘zlardan so‘ng “Majburiy ijro byurosining mas’ul xodimlari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.

9-10-bandlardagi “gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi” degan so‘zlardan so‘ng “Majburiy ijro byurosining mas’ul xodimi” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.

12-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun yechib olingandan so‘ng, tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi hisobidan o‘rniga boshqa tekshirilgan hisobga olish pribori darhol o‘rnatiladi va gazni hisobga olish priborining yechib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi.”.

13-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“13. Iste’molchi gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazilgunga qadar hududdagi gaz ta’minoti korxonasi hisobidan o‘rnatilgan gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichiga muvofiq to‘lovni amalga oshiradi.”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar