“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 04:12
ЎЗO‘Z

Osiyo Kubogi pley-off juftliklari haqida (batafsil)

16 yanv, 23:47 3 777 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Osiyo Kubogi pley-off juftliklari haqida (batafsil) Uchinchi turdan o‘rin olgan dastlabki o‘yinlar o‘tkazildi. Unga ko‘ra, musobaqaga mezbonlik qilayotgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamligini rasmiylashtirishga ko‘mak bergan durangga Tailandga qarshi bahsda imzo chekdi. Narigi to‘qnashuvda esa Bahrayn Hindistonni ranjitdi va Osiyo Kubogidagi ilk g‘alabasini nishonladi. Natijada "A" guruhida BAA (5) peshqadam, Tailand (4) ikkinchi o‘rin sohibi sifatida nimchorak final yo‘llanmasiga egalik qildi. Bahrayn ham o‘z aktividagi ochkolar sonini 4taga yetkazib, eng yaxshi to‘rtta uchinchi o‘rin egalariga beriladigan yo‘llanmadan biri allaqachon rasmiylashtirib bo‘ldi. Chunki qolgan besh guruhning to‘rttasida uchinchi o‘rin sohiblari hisobida oxirgi turdan avval 0 ochkodan mavjud.

"B" guruhida ham barcha narsa ma’lum bo‘ldi. Gollarga boy o‘tgan bahsda Avstraliya Suriyani katta qiyinchilik bilan bo‘lsada mag‘lub etdi va ikkinchi o‘rinni mustahkamladi. Guruh peshqadamligini allaqachon hal etgan Iordaniya uchinchi turga qadar guruh autsayderi bo‘lgan Falastin bilan nursiz durangga rozi bo‘ldi. Natijada Suriya guruhda oxirgi, Falastin esa 2 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Eng qizig‘i, guruhda 2 ochko to‘plagan Falastinda nazariy jihatdan 3-o‘ringa beriladigan to‘rtta yo‘llanmadan birini qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Bugun "C" guruhida oxirgi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Guruh yetakchilari o‘rtasidagi bahsda peshqadam nomi ma’lum bo‘ldi. Janubiy Koreya Xitoyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va "kvartet"ni yakka hokim sifatida tugatdi. Xitoy esa ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalda Tailandga ro‘baru keldi. Janubiy Koreyaning raqibi esa "A,B,F" guruhlaridan chiqadigan uchinchi o‘rin sohibi bo‘lishi mumkin. Guruhdagi oxirgi bahsda Qirg‘iziston terma jamoasi Filippin ustidan ishonchli g‘alabani tantana qildi va nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarini keskin oshirdi. Uchinchi o‘rin bilan chiqadigan to‘rtta yo‘llamadan biri aynan Qirg‘izistonga nasib etishi mumkin. Hozircha ushbu limitdan Bahrayn foydalanib bo‘ldi. Qirg‘iziston esa "B" guruhida uchinchi bo‘lgan Falastindan ko‘ra yaxshi natija qayd etdi.

"D" guruhida ham uchinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Unda guruh yetakchilari - Eron va Iroq o‘rtasidagi bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi. Gollar nisbatiga ko‘ra Eron guruhni peshqadam sifatida tugatdi. Iroq esa ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi. Vetnam jamoasi Yaman ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Bu esa Qirg‘izistonga qo‘l keldi. Aynan Vetnamning Yaman ustidan 3 to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olmagani tufayli Qirg‘iziston uchinchi o‘rin bilan yo‘llanmaga ega bo‘ladigan 4 ta limitdan ikkinchisini o‘z foydasiga hal etdi. Vetnamda ham nimchorak finalga yo‘l olish imkoniyati saqlanib turibdi. Bu ko‘p jihatdan "E" va "F" guruhidagi autsayderlarning o‘zaro uchrashuviga bog‘liq.

"E" va "F" guruhlarida ertaga oxirgi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.


Pley-off setkasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Nimchorak final juftliklari:
37-o‘yin: Iordaniya - 3-o‘rin sohibi (A-Bahrayn, C-Qirg‘iziston, D)
38-o‘yin: Tailand - Xitoy
39-o‘yin: Eron - 3-o‘rin sohibi (B,E,F)
40-o‘yin: O‘zbekiston/Yaponiya - Saudiya Arabistoni/Qatar
41-o‘yin: Avstraliya - Yaponiya/O‘zbekiston
42-o‘yin: BAA - 3-o‘rin sohibi (Qirg‘iziston,D,E)
43-o‘yin: Janubiy Koreya - 3-o‘rin sohibi (B,F)
44-o‘yin: Qatar/Saudiya Arabistoni - Iroq

Chorak final:
45-o‘yin: 37-o‘yin juftligi g‘olibi - 40-o‘yin juftligi g‘olibi
46-o‘yin: 38-o‘yin juftligi g‘olibi - 39-o‘yin juftligi g‘olibi
47-o‘yin: 43-o‘yin juftligi g‘olibi - 44-o‘yin juftligi g‘olibi
48-o‘yin: 42-o‘yin juftligi g‘olibi - 41-o‘yin juftligi g‘olibi

Yarim final:
49-o‘yin: 46-o‘yin juftligi g‘olibi - 45-o‘yin juftligi g‘olibi
50-o‘yin: 47-o‘yin juftligi g‘olibi - 48-o‘yin juftligi g‘olibi

Final:
51-o‘yin: 49-o‘yin juftligi g‘olibi - 50-o‘yin juftligi g‘olibi

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 96
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 253
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 1 092
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 99
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 68
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 184
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 299
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 25
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 52
  • Bo‘limlar