“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:19
ЎЗO‘Z

AQSh sobiq vaziri mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

13 yanv, 06:27 4 033 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh sobiq vaziri mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi San-Antonio (Texas shtati) shahri sobiq meri, Baraka Obama ma’muriyatida uy-joy qurilishi va shahar rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat olib borgan demokrat Xulian Kastro 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovida ishtirok etishini ma’lum qildi.

"Prezident lavozimiga nomzodimni qo‘yaman, chunki mendagi imkoniyatlar barcha amerikaliklarda bo‘lishiga kafolat berish uchun yangi yetakchilar, yangi quvvat vaqti keldi", - dedi Kastro.

Kastro AQShdagi kelib chiqishi lotinamerikalik bo‘lgan siyosatchi-demokratlar orasida eng taniqlilaridan hisoblanadi. Uning buvisi AQShga Meksikadan kelgan.

2016 yilgi prezident saylovi vaqtida Xulian Kastro Xillari Klinton vitse-prezident sifatida tanlashi mumkin bo‘lgan siyosatchilardan biri hisoblangandi.

Ekspertlar prezident lavozimiga da’vogarlar sifatida Massachusets shtatidan senator Elizabet Uorren, sobiq kongress a’zosi Beto O'Rurk, Vermont shtatidan senator Berni Sanders, Nyu-Jersi shtatidan senator Kori Buker, Minnesota shtatidan senator Emi Klobushar va Nyu-York shtatidan senator Kirsten Gillibrandlarni ko‘rishmoqda.

AQSh prezidenti saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar