“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:49
ЎЗO‘Z

Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi

12 yanv, 22:15 3 618 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi “Paxtakor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuystra kuni kecha mashhur golland nashri Voetbal Zonega intervyu berdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Intervyu davomida Gollandiya terma jamoasining sobiq a’zosi O‘zbekistondagi faoliyati va “Paxtakor” haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Menga O‘zbekiston ancha ma’qul keldi. Mamlakat va bu yerning odamlari menga juda manzur bo‘ldi. Qolaversa, milliy chempionat saviyasi ham yomon emas. Zero, “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar Gollandiya miqiyosidagi klublarga yaxshigina raqobat hosil qila oladi, deb hisoblayman. “Utrext”, “AZ” va “Vitess” kabi jamoalar bilan saviyamiz bir xil desam xato bo‘lmaydi. Qolgan o‘zbek klublari golland Erediviziyasida nisbatan pastroq o‘rinlardan joy olishgan bo‘lar edi.

“Paxtakor” klubi ayni paytda to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Bu yerda yaxshi darajadagi klub shakllantirish ishlari olib borilmoqda. To‘g‘ri, hali “Ayaks”, “Feyenoord” yoki “PSV” kabi grand klublar darajasida emasmiz. Lekin klub infratuzilmasini sekin-asta yaxshilab boryapmiz. “AZ” klubi yaqinda Yevropa Ligasi doirasida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga imkoniyatni boy berdi. Holbuki, biz mazkur jamoani yig‘in payti osongina mag‘lub etgan edik, - dedi mutaxassis.

Ta’kidlash joiz, Piter Xyuystra o‘z vaqtida “Groningen”, “Tvente”, “Glazgo Reynjers” kabi klublar va Gollandiya terma jamoasi safida hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Maksim Shatskix: "Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkib bilan Yevroda uzoqqa borishi mumkin" 29 mar, 20:30 1
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 247
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 429
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 225
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 287
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar