“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 10:57
ЎЗO‘Z

Prezident: Vazirlar Mahkamasi tarkibi o‘zgaradi, departamentlar tugatiladi

12 yanv, 06:56 8 759 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: Vazirlar Mahkamasi tarkibi o‘zgaradi, departamentlar tugatiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Kun.uz nashri xabar berishicha, Samarqanddagi yig‘ilish vaqtida prezident Vazirlar Mahkamasi tarkibida qisqartirishlar bo‘lishi, departamentlar butunlay tugatilishi haqida gapirgan.

«Vazirlar Mahkamasini 50 foizga qisqartiramiz. Bosh vazir o‘rinbosarlarining yarmi, departament boshliqlarining hammasi ketadi. Byurokratiya ishlashga to‘siq bo‘lyapti. Kim nima bilan bandligini bilaman. Vazir xalqqa hisobot beradigan qilamiz. Sessiyalarda hokim boshliq bo‘lmaydi, hokim deputat ham bo‘lmaydi. Bu noto‘g‘ri siyosat», degan prezident.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 7 nafar o‘rinbosari bor.

Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi - Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti
Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti

Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

Suxrob Rustamovich Xolmurodov — Bosh vazir o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi - Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari.
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti

Nodir Sobirovich Otajonov — Bosh vazir o‘rinbosari - Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari.
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti
Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti

Alisher Saidabbosovich Sultonov — Bosh vazir o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari.
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti

Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov — Bosh vazir o‘rinbosari - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti

Tanzila Kamalovna Norboyeva - Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
Sobiq bosh vazir o‘rinbosari (Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari, Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti boshlig‘i) Zoyir Toirovich Mirzayev ishdan olingach, bosh prokuror Otabek Murodov Agrosanoat sohasiga vaqtincha mas’ul etib tayinlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 235
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 61
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 81
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 110
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 91
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Bo‘limlar