“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:11
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi (foto)

11 yanv, 15:07 6 463 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi (foto) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib ko‘rdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Samarqand shahri aholisining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini inobatga olib, 2018 yilgi dasturga qo‘shimcha ravishda ko‘p qavatli arzon uylar qurish kiritilgan edi.

2018 yilning o‘zida jami 1 ming 344 xonadondan iborat 32 ta 7 qavatli ko‘p qavatli arzon uy barpo etildi. Bundan tashqari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari va yosh oilalarga mo‘ljallangan 5 qavatli 12 ta turar joy qurib, foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, hududda xususiy bog‘cha, shahar ichki ishlar bo‘limi, savdo va maishiy xizmat majmuasi, «Registon» supermarketi qurib bitkazildi. 540 o‘rinli umumta’lim maktabi qurilishi yakunlanmoqda.

Shu tariqa bu yerda qisqa fursatda zamonaviy aholi massivi qad rostladi. Yangi uylarda odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha qulayliklar e’tiborga olingan.

Davlat rahbari Jasur Tursunqulov va Jamshid Kattaqulovlar oilalari ko‘chib kirgan yangi xonadonlarni kirib ko‘rdi, uy sohiblari bilan suhbatlashdi.

Shu yerda Qorasuv massivida 2019 yilda foydalanishga topshiriladigan uylar loyihalari, jumladan, «Agromir buildings» kompaniyasi tomonidan Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida monolit usulida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar taqdimotlari o‘tkazildi.

Prezident turar-joylar qurilishining odamlar hayotidagi, hudud infratuzilmasidagi ahamiyatiga to‘xtaldi.

«Samarqand turizm markazi bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu yerda ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘paytiramiz. Shahar markazida eng zamonaviy talablarga javob beradigan uylar qurilib, aholini ta’minlaymiz. Uylarni qurishdan oldin uning egasi, qaysi qavatda, necha xonali uyda yashashigacha aniq bo‘lishi lozim», – dedi davlat rahbari.

Samarqand seysmik jihatdan ham qulay hududda joylashgani bois kelajakda viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Paxtachi, Narpay, Qo‘shrabot tumanlari markazlarida ham ko‘p qavatli uylar qurilishi zarurligi ta’kidlandi.





Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar