“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:18
ЎЗO‘Z

Koʻchmas mulk ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida qanday hisobga qoʻyiladi?

10 yanv, 07:53 5 560 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koʻchmas mulk ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida qanday hisobga qoʻyiladi? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 maydagi PQ-3741-sonli qaroriga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi oʻrnatildi va koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi.

Shunga asosan Davlat soliq qoʻmitasining qaroriga muvofiq, “Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi” ishlab chiqildi.

Ushbu Tartibga asosan koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyishning sodda tizimi yaratildi.
Endilikda ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilishi va u davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.

Shartnomani hisobga qoʻyish uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan hech qanday haq olinmaydi.
Hisobga qoʻyish ikkita usulda amalga oshiriladi.

1. Davlat soliq qoʻmitasining my.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portalidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan “Ijara shartnomalarini hisobga olish” interaktiv xizmati orqali yoki davlat soliq xizmati organlariga bormagan holda.

2. Jismoniy shaxsning doimiy yashash, yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurgan holda.

2019 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasining my.soliq.uz portalida “Ijara shartnomalarini hisobga olish” interaktiv xizmati joriy qilindi va bu xizmatdan tunu kun davomida foydalanish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun ijaraga beruvchida elektron raqamli imzo (ERI) mavjud boʻlishi hamda ushbu xizmatdan foydalangan holda hisobga qoʻyish boʻyicha SOʻROVNOMAni toʻldirib, unga oʻzining pasporti nusxasi hamda ijara shartnomasining elektron (skaner qilingan) shaklini biriktirib “Joʻnatish” tugmasini bosish kifoya.

Yaʼni, shartnomani davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish uchun atigi 2 ta hujjat talab qilinadi xolos.

Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, “Ijara shartnomalarini hisobga olish” interaktiv xizmatiga elektron raqamli imzo orqali kirilganligi uchun Soʻrovnomaning ijaraga beruvchiga tegishli bandlari avtomatik tarzda toʻldiriladi.

Ijara shartnomasi hisobga qoʻyilgandan keyin ijaraga beruvchiga shartnoma hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida Bildirishnoma va joriy yil uchun hisoblangan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha toʻlov xabarnomasi taqdim etiladi.

Natijada koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha dastlabki deklaratsiyani taqdim etish talab etilmaydi.

Ushbu xizmatdan foydalanishda qandaydir savollar paydo boʻlsa, xizmatning oʻng tomon tepa qismida joylashgan telefon raqamlari orqali davlat soliq inspeksiyasining yoki davlat soliq boshqarmasi va Davlat soliq qoʻmitasining mutaxassislariga qoʻngʻiroq qilib, batafsil tushuntirishlar olishingiz mumkin. Biz sizga koʻmaklashishdan mamnunmiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 99
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 55
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 235
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 245
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar