“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 05:15
ЎЗO‘Z

Andijonda pora bilan qoʻlga tushgan kadastr xodimi oʻz boshligʻini ushlab berdi

09 yanv, 22:12 5 584 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda pora bilan qoʻlga tushgan kadastr xodimi oʻz boshligʻini ushlab berdi 2018 yilning 25 dekabr kuni fuqaro K.L.ning arizasi yuzasidan DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Tadbir davomida “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK Andijon shahar filiali mutaxassisi I.S. rahbari D.T. oʻziga noqonuniy ravishda oʻzlashtirib olgan Andijon shahrining Koʻmakay massivida joylashgan 2 ta 4 sotixli yer-uchastkalarining har biri uchun 10 ming dollardan, jami 20 ming dollarni talab qilgan. I.S. vositachi N.M. orqali oldindan 10 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.

I.S. olingan pullarni boshligʻi D.T.ga berishi kerakligini taʼkidladi. Uning pushaymonlik arizasi asosida tadbir davom ettirildi. Andijon shahar “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK boshligʻi D.T. qoʻl ostidagi xodimi I.S.dan kelishilgan yerlardan birini ajratish boʻyicha shahar hokimining qarorini chiqarish uchun 10 ming dollar olib, I.S.ga 1 ming dollarni qaytarib beradi. D.T. qolgan 9 ming dollarni olib ketayotgan vaqtda ushlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 168-(firibgarlik) va 211-(pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 526
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 75
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 349
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar