“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

“15 yoshli kapitan” emas, 15 yoshli sarkarda

08 yanv, 12:35 5 302 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“15 yoshli kapitan” emas, 15 yoshli sarkarda Gap ma’rifatli, zukko va sarkarda bo‘lgan xalifa Horun ar-Rashid haqida ketmoqda. Horun ar-Rashid abbosiylar davlatining V xalifasi bo‘lib, tarixda o‘zining o‘chmas izini qoldirgan. Jihodlarda ishtirok etib Islomning yoyilishida katta xizmat qilgan. Hatto, unga nisbatan “bir yili haj qilib, bir yili g‘azot qiladi” degan ta’riflar berilgan.

Mansur Abdulhakimning “Horun ar-Rashid: tuhmatlar qilingan xalifa” asarida quyidagi voqea bayon etiladi:

“Mahdiy farzandi Horunni ot choptirish, o‘q otish, nayza uloqtirish va jang san’ati kabi o‘yin-mashqlar bilan band qildi. Horunning qaddi-qomati mustahkamlanib, baquvvat yigit bo‘lib yetishganidan keyin, 163-yilda (hijriy) otasi uni Rumga, urushga jo‘natdi. Qo‘shinda Husayn ibn Qahtoba, Muso ibn Iyso va Abdulloh ibn Solih kabi mashhur va kuchli sarkardalar borligiga qaramay, Horunni qo‘shin boshlig‘i (sarkardasi) qilib tayinladi. Bu paytda ar-Rashidning yoshi 15 dan oshmagan edi.

Horun ar-Rashid yoshi kichikligiga qaramay yutuqni qo‘lga kiritdi, qo‘shin boshqarishdagi o‘z mahoratini namoyish qildi. Rim yerlariga chuqur kirib borib, “Samalu” deb atalgan qal’ani 38 kun qamal qildi. Ish qal’adagilarning shart qo‘yishlari bilan yakunlandi. Ular Rashidga o‘zlarini o‘ldirmaslik shartini qo‘yishdi. Horun shartga ko‘ndi va va’dasiga vafo qildi. Qo‘shini bilan sog‘-salomat, o‘ljalarni qo‘lga kiritgan holda qaytdi. Uni kutib olish uchun Bag‘dod ahli chiqdi. Otasi Mahdiy uni Mag‘rib yurtlari, Ozarbayjon va Armanistonga hokim qilib tayinlash bilan mukofotladi”.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar