“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:00
ЎЗO‘Z

«Gaz zapravka»larda gaz narxi tushadi

07 yanv, 20:47 8 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Gaz zapravka»larda gaz narxi tushadi Avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari — gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytiriladi. Bu haqda Kun.uz nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

2019 yilning 1 kunidan boshlab, respublikaning ayrim hududlarida «gaz zapravka»lari ko‘rsatayotgan xizmat narxi yana qimmatlab ketgani kuzatilgandi. AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi o‘rtacha 300–400 so‘mga oshdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 so‘m bo‘ldi. Oxirgi marta ushbu holat 2018 yil noyabr oyida, respublikaning barcha hududlarida joylashgan shoxobchalarda kuzatilgandi.

Xizmat narxining keskin oshib ketishiga limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun 2 koeffitsiyentda to‘lov amalga oshirilishi vaj qilib ko‘rsatilgandi. O‘sha payt, AGTKSda gaz tanqis bo‘lishini oldini olish maqsadida, «O‘zbekneftgaz» noyabr oyi uchun qo‘shimcha 40 million kub.m gazni realizatsiya qilishga kirishgandi.

Ayni paytda limitdan tashqari realizatsiya qilinadigan gaz uchun koeffitsiyent miqdori 1,4 etib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

«Limitni to‘liq bekor qilib, gazning AGTKSda realizatsiyasi uchun yagona narx belgilanishi ko‘rib chiqilmoqda. Shunda halol raqobat paydo bo‘ladi, talabga ko‘ra gaz yetkazib berish ta’minlanadi», — deydi Kun.uz bilan suhbatda manba.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar