“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 16:48
ЎЗO‘Z

Yuliy Yusupov: QQS va narxlar bo‘yicha jazava boshlandi

04 yanv, 14:16 4 172 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuliy Yusupov: QQS va narxlar bo‘yicha jazava boshlandi Iqtisodchi Yuliy Yusupov Facebook'dagi o‘z sahifasida ijtimoiy tarmoqlarda QQS joriy etilishi bo‘yicha boshlangan jazava haqida post e’lon qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda QQSning joriy etilishi chakana narxlarga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha jazava boshlandi. Ushbu mavzu bo‘yicha savodsiz fikrlash kishini hayratga solmoqda. Lekin eng ajablantiradigan narsa shuki, jazava tashabbuskorlari odatda o‘zini soliq maslahatchisi deb e’lon qiladigan odamlar bo‘lib chiqyapti. Shu bilan birga, ular bir vaqtning o‘zida kutilmagan savodsizlikni (soliqqa tortish masalasida) va noto‘g‘ri talqin etishga moyillikni ko‘rsatmoqda», - deydi u.

Yuliy Yusupovning ta’kidlashicha, ko‘plab jazavalarga narxga kiritilgan QQS ko‘rsatilgan chek sabab bo‘ldi.

«Men oddiy kishi chekda «QQS» degan tushunarsiz uchta harfni qandaydir summa ko‘rsatilgan holda ko‘rib, yangi soliqqa tortish tizimiga o‘tilganidan so‘ng aynan shu narx oshgan, deb qaror qilishini tushunishim mumkin. Ammo, bunday bayonotni «soliq maslahatchisi» bersa, bunda yaxshilab baqirib berishni istab qolasiz. Kim-kim, lekin soliqqa tortish bo‘yicha mutaxassis chekda «QQS» bandi do‘kon tomonidan tovar narxiga ustamani emas, balki qo‘shimcha qiymat zanjiri bo‘yicha to‘langan QQSning butun miqdorini anglatishini tushunishi darkor. Ya’ni, do‘kon chekda ko‘rsatilgan summadan ilgari to‘langan QQS bo‘yicha oladi», - dedi iqtisodchi.

Iqtisodchining fikriga ko‘ra, agar QQS to‘lovchilari oldinroq zanjirda bo‘lgan bo‘lsa, endi yangi soliq tizimiga o‘tishda narxlar oshib ketmaydi. Ayrim hollarda esa u kamayishi mumkin, sababi QQSga o‘tish yagona solik to‘lovi to‘lashdan voz kechish demakdir. Agar u cheklarda ko‘rsatilmagan, boz ustiga, qo‘shimcha qiymat yaratilishining avvalgi bosqichlarida to‘lovlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu u bo‘lmaganini anglatmaydi. Ya’ni, bir soliqni boshqasiga almashtirish yuz berdi. Ba’zi hollarda soliq yuki (shunga qarab narx) oshishi mumkin, ba’zida u o‘zgarmaydi, qaysidir birida esa hatto kamayadi.

«Soliq yuki (va narx) qayerda shubhasiz ko‘tariladi? QQS bor joyda, lekin uni olib bo‘lmaydi, sababi QQS zanjirining avvalgi ishtirokchilari to‘lamaydi. Masalan, mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarida, uni qayta sotish QQSdan ozod qilinmagan. QQSdan ozod qilingan (go‘sht, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch, shakar, non mahsulotlari) yuk, aksincha, kamayadi», - deya qayd etib o‘tdi u.

«Balki bizning soliq maslahatchilarimiz QQS nima ekani va u qanday hisoblanishi hamda to‘lanishini bilmas. Ya’ni, bu yerda gap faqat savodsizlik haqida ketmoqda. Biroq, bu «ekspertlar»ning Soliq islohoti konsepsiyasi loyihasi muhokama qilingan va soliqqa tortishning yangi tizimiga o‘tish ko‘plab kichik korxonalar uchun soliq yukini oshirmasligini ko‘rsatib beruvchi hisob-kitoblar qilingan maqolalarga havolasi savodsizlikdan, deb bo‘lmaydi.

Bu maqolalarga havola qilgan kishilar ularda Konsepsiyaning birinchi versiyasi, ya’ni 12 foizlik QQS va daromadga soliqlar hamda dividendlarni taqsimlanadigan daromadga soliqlarga almashtirish nazarda tutilgan holatda qurilgan soliq tizimining modeli haqida so‘z yuritilganini bilmasliklari mumkin emas. Ko‘rsatilgan hisob-kitoblarga murojaat qilish, ularni hozirgi vaziyatda qo‘llash, ochig‘ini aytganda, adolatli emas. Va bu insofsizlikni savodsizlik, deb baholab bo‘lmaydi. Bunday xatti-harakatlar boshqa so‘z bilan ifodalanishi kerak», - deya qayd etib o‘tdi ekspert.

Uning fikricha, aynan bugungi jazavalar yetakchilari Konsepsiyaning birinchi versiyasini qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, u bo‘yicha shabash uyushtirishdi. Bu holat shunga turtki berdiki, Konsepsiyaning yakuniy variantida QQS 20% darajasida qoldi, taqsimlangan daromadga soliq haqidagi g‘oya esa eshitilmadi.

«Endi esa hech qanday xijolat bo‘lmasdan, savol berilmoqda: biznesga soliq yukini oshirmaslik bo‘yicha va’dalar nima bo‘ldi? Bu haqda QQSni pasaytirishga va taqsimlanadigan daromadga soliq joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar, shuningdek, faqatgina «ular ham Konsepsiyaga qarshi» bo‘lgani uchun (savodsizligi va prinsip yetishmasligiga yana bir misol) bu kishilarni qo‘llab-quvvatlaganlardan so‘rang. Lekin ulardan so‘rab bo‘lmaydi. Ular fosh etish va jazava bilan ovora. Umuman olganda, ular bir yildan beri bu holatdan chiqib keta olmayapti», - deya xulosa qilgan Yuliy Yusupov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 49
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 77
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 95
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 123
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • Bo‘limlar