“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

«Liverpul» klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi

04 yanv, 09:47 2 991 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Liverpul» klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Liverpul» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Etixad Stedium»da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, to‘p nazorati kutilganidek maydon egalarida bo‘lgan bo‘lsa, mersisaydlar o‘zlarining xavfli yurishlari bilan ajralib turishdi.

Biroq hisob 40-daqiqaga kelibgina ochildi, chap qanotda faollik ko‘rsatgan Bernardu Silva to‘pni markazdagi Serxio Agueroga uzatdi, argentinalik futbolchi esa darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘lim ham ikki tomon faolligida boshlandi. Mehmonlarning 64-daqiqadagi uzoq davom etgan hujumlarini Roberto Firmino gol bilan yakunladi.

Ammo oradan uzoq vaqt o‘tmay mezbonlar yana hisobda oldinga o‘tib olishdi. Darvozabon boshlab bergan qarshi hujumga Leroy Sane o‘zining aniq zarbasi bilan nuqta qo‘ydi. O‘yin yakuniga qadar ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ularni golga aylantirish futbolchilarga nasib etmadi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatlarini tan olishdi. «Siti» esa ochkolarini 50taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytdi va «Liverpul» (54) bilan oradagi farqni to‘rt ochkogacha qisqartirdi.

APL, 21-tur
Manchester Siti – Liverpul 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 40 Aguero, 1:1 – 64 Firmino, 2:1 – 72 Sane.

Manchester Siti – Ederson, Kompani (Otamendi, 88), Danilo, Stounz, Laport (Uoker, 86), Silva (Gyundogan, 65), Fernandino, Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Starridj, 86), Xenderson, Milner (Fabino, 57), Mane (Shakiri, 77), Salax, Firmino.
Ogohlantirishlar: Lovren (20), Kompani (31), Veynaldum (38), Laport (45), Bernardu Silva (89), Ederson (90+5).

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 967
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 695
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 078
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 267
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar