“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:36
ЎЗO‘Z

2018 yilda go‘sht narxi qaysi viloyatda eng ko‘p qimmatlashgani oshkor qilindi

02 yanv, 13:27 5 113 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2018 yilda go‘sht narxi qaysi viloyatda eng ko‘p qimmatlashgani oshkor qilindi 2018 yilning dekabr oyi davomida go‘sht va parranda go‘shti mahsulotlari narxi o‘rtacha 1,3%, yil mobaynida esa 21,2 %ga qimmatlashgan.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, baliq va baliq konservalari narxlari dekabr oyida 1,6%, yil davomida esa 30,4%ga ko‘tarilgan.

Oy davomida qo‘y va suyaksiz mol go‘shti narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi 2018 yilning iyun oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati mos ravishda 6,4% hamda 6,0%ni tashkil etgan. Umumiy hisobda yil davomidagi narxlar o‘zgarishi quyidagi ko‘rinishga ega: suyakli mol go‘shti narxlari 26,9%, qo‘y go‘shti 24,6%, suyaksiz mol go‘shti 14,9%ga qimmatlashdi.

Ma’lumot uchun: dekabr oyida mol go‘shti (suyaksizdan tashqari) Toshkent va Xorazm viloyatlarida sezilarli darajada qimmatlashgan (oy davomida 2,9% va 1,4%).
Dekabr oyida qo‘y go‘shti narxlarining boshqa hududlarga nisbatan yuqori darajada qimmatlashganligi Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan (oy davomida 2,6% va 2,0%). Suyaksiz mol go‘shti narxlari dekabr oyida o‘tgan oydagi narxlarga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan.

2018 yil boshidan mol va qo‘y go‘shti narxlarining maksimal darajada Sirdaryo viloyatida (suyakli mol go‘shti 39,1%, qo‘y go‘shti 34,4%, suyaksiz mol go‘shti 17,7%) qimmatlashganligi kuzatilgan. Suyakli mol go‘shti narxlarning minimal darajada oshganligi esa Qashqadaryo viloyatida (19,2%), suyaksiz mol go‘shti Jizzax viloyatida (11,0%), qo‘y go‘shti esa Andijon viloyatida (16,1%) ro‘yxatga olingan.

Parrandachilik mahsulotlari narxlari avgust oyidan boshlab barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Jumladan, avgust-dekabr oylari davomida tuxum narxlari 32,1%, parranda go‘shti (sonlardan tashqari) 20,6%, tovuq boldiri va son qismlari 12,7%ga o‘sdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 0
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 148
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar