“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:41
ЎЗO‘Z

Luka Modrich «Real»ning yangi taklifini rad etdi

28 dek, 20:01 3 139 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Luka Modrich «Real»ning yangi taklifini rad etdi «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich klubning shartnomani uzaytirish borasidagi birinchi taklifiga rad javobini berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Xabarda aytilishicha, Modrich shu yilning o‘zida ko‘plab shaxsiy sovrinlarga ega bo‘lgani, xususan UYeFA tomonidan Yevropada 2017/18 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani, FIFAning «Yil futbolchisi» va France Football tasnifidagi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganini hisobga olib, «Real»da kamida Serxio Ramosning maoshi darajasida haq olishni istamoqda va moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif kutmoqda.

Shu bilan birga, JCh-2018 finalchisi 2020 yilgacha mo‘ljallangan joriy shartnomasi muddatini uzaytirmoqchi emas, bitimni yangilash orqali faqat maoshi oshirilishiga erishmoqchi.

Xavbekning amaldagi shartnomasi muddati 2020 yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy yil yozda unga «Inter»dan jiddiy qiziqish bo‘lgan, ammo, manbaga ko‘ra, Luka «qaymoqranglilar» bilan yanada manfaatli yangi bitim imzolashni ko‘zlab, Madridda qolgan.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, «Real» xorvatiyalik futbolchisini 2019 yil yozida «Inter»ga sotib yuborishi mumkin. Milanliklar futbolchiga yiliga 10 million yevro miqdoridagi maosh va’da qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta Modrich karerasini aynan «Real»da yakunlashni istayotgani haqida aytgan edi. Kecha esa navbatdagi shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi – Bolqon yarimorolida yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 216
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 73
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 203
  • Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 apr, 23:35 364
  • Qasamlardan qaytildimi? Xavi yana bir yil "Barsa"da qolishi mumkin 22 apr, 20:00 106
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar