Toshkent shahrining Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlariga hokimlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarining navbatdan tashqari sessiyalarida ushbu masalalar ko‘rib chiqilgan.
Olmazor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatbek Ergashev va Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Po‘latov hokim etib tayinlangan.