“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 00:44
ЎЗO‘Z

Pensiyani hisoblab chiqarishda yangi tartib o‘rnatiladi

25 dek, 14:00 4 902 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pensiyani hisoblab chiqarishda yangi tartib o‘rnatiladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 11 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma’qullangan.
Hujjat bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasi matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

- 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;
- 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga taalluqli bo‘lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shiladi.

O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etuvchining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi.

Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

- 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
- 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi».



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar soni bittaga ko‘paydi 26 dek, 13:23
  • Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartirildi 25 dek, 17:30
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52
  • Senat raisining vakolatlari oshirildi 28 avg, 12:48
  • O‘zbekistonda daromad solig‘ining yangi stavkalari tasdiqlandi 25 dek, 14:20
  • Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda 28 apr, 07:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi 24 yanv, 00:20 0
  • AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi 23 yanv, 23:51 12
  • Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi 23 yanv, 23:20 55
  • Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi 23 yanv, 22:53 199
  • Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? 23 yanv, 22:06 143
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi 23 yanv, 21:30 435
  • Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi 23 yanv, 21:00 449
  • «Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev 23 yanv, 20:34 583
  • Navoiyda “Ayollar daftari” xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, muammolari tinglandi 23 yanv, 20:08 126
  • Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi 23 yanv, 19:36 338
  • Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi 23 yanv, 19:15 165
  • 2 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa tushdi 23 yanv, 18:49 217
  • Bo‘limlar