“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:40
ЎЗO‘Z

2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilindi

25 dek, 13:44 6 210 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilindi Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor qilindi. Bunda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq aksiz solig‘i ob’ektiga kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Soliq imtiyozlari alohida hollarda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ham nazarda tutilishi mumkin. Ilgari imtiyozlar faqat Soliq kodeksida, qonunlarda hamda Prezident qarorlarida belgilangan.

Endilikda yirik soliq to‘lovchilar, joylashgan yeridan qat’i nazar, soliq hisobotini Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi. Ilgari soliq hisoboti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga taqdim etilgan.

Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan summani boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarzni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga yoki boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish Moliya vazirligi g‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari ushbu harakat tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshirilgan.

Qonun 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 77
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar