“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:39
ЎЗO‘Z

Germaniya Rossiyadan Ikkinchi jahon urushi paytida olib ketilgan madaniy boyliklar qaytarilishini so‘radi

21 dek, 18:12 4 294 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniya Rossiyadan Ikkinchi jahon urushi paytida olib ketilgan madaniy boyliklar qaytarilishini so‘radi Moskvadagi Germaniya elchixonasi Rossiya hukumatidan Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatdan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarning qaytarilishini so‘radi. Mazkur so‘rovda “Madaniy ob’ekt va ashyolar urushdagi yo‘qotishlar o‘rnini bosadigan kompensatsiya bo‘lmasligi kerak”ligi ham qayd etilgan.

Nemis diplomatlari o‘zlarining mazkur talabiga 1907 yilgi Urush olib borish haqidagi Gaaga qoidalari asos qilib olinganini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida Rossiya madaniyat vazirligi urush vaqtida Germaniyadan olib kelingan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha hech qanday gap-so‘z bo‘lmasligini bildirdi. Ayni vaqtda Rossiya muzeylarining o‘zi ham hozir Yevropa va Amerika kimoshdi savdolariga qo‘yilayotgan, lekin bu muzeylarning yo‘qolgan deb hisoblab kelinayotgan eksponatlari qidirilayotganini bildirgan.

Germaniya o‘ziga qaytarishni talab etayotgan madaniy boyliklar ichida eng salmoqlisi Genrix Shliman topilmalari va Ebersvald xazinasi hisoblanadi. Shuningdek bu talabga eramizdan avvalgi IX asrga tegishli kamyob oltin buyumlar va taqinchoqlar ham kiritilgan.

Ushbu murojaat yuzasida Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy “toki sog‘lom siyosiy muloqot muhiti yaratilmaguncha bu ikki mamlakat o‘rtasida hech qanday madaniy boylik almashinuvi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas”ligini ta’kidlagan.

Mazkur talab yuzasidan Davlat dumasining madaniyat ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Olga Kazakova ham Germaniyaning bu talabini noqonuniy deb hisoblashini bildirdi.

"Ikkinchi jahon urushi yakunlarini qayta ko‘rib chiqish faqat yangi ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Agar Germaniya bu urush natijalari bo‘yicha nimalarnidir talab qilar ekan, o‘sha davrda bizning mamlakatdan qancha narsalar olib ketilganini ham hisoblab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi”, – degan u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 0
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 1
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 174
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 0
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 1
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 2
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 174
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 307
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 108
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 134
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 168
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 248
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 213
  • Bo‘limlar