“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:02
ЎЗO‘Z

Viktor Jalilov va Amet Memet «Andijon»da ish boshladi

15 dek, 20:32 4 136 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Viktor Jalilov va Amet Memet «Andijon»da ish boshladi Joriy mavsum Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Andijon» jamoasi bo‘lajak chempionatga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rishga intilmoqda.

Jamoa rahbariyati murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislarni jalb etishga qaror qildi.
Xususan mamlakatimizdagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri bo‘lgan Jalilov Viktor Romanovich «Andijon» futbol klubida sport direktori sifatida faoliyatini boshladi.

Jalilov hozirda bosh murabbiy Ildar Sakayevga seleksiya ishlari bo‘yicha yordam beradi.

Shuningdek bosh murabbiyga yangi mavsumda yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet yaqindan yordam beradigan bo‘ldi. O‘z vaqtida ma’lum muddat bosh murabbiy sifatida «Andijon»ni boshqargan Amet Abdullayevich endilikda katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bir necha yillardan buyon, Ukrainada istiqomat qilib kelayotgan Memet hozirda «Andijon»ga yuqori saviyadagi legionerlarni jalb etish yuzasidan ish olib borayotganini ta’kidlash lozim. Tez kunlarda Amet Memet Andijonga tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun «burgutlar» dekabr oyidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘z qarorgohida olib boradi.

Manba: t.me/fcandijan




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 66
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 182
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 477
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar